Kontent qismiga oʻtish

Munofiqlik

Vikiiqtibosdan olingan
Munofiqlik
Qardosh loyihalar

Munofiqlik – soʻzi bilan ishi birbiriga toʻgʻri kelmaslik, nosamimiylik, ikkiyuzlamachilikni, soʻzidan qaytishni ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. Halollik, toʻgʻrilik, samimiylik tushunchalariga zid. Qurʼonda tilida imon keltirib, dilida kofir boʻlib qolgan kishilarning munofiq ekanliklari taʼkidlanadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq, deb gumon qilardik[1].

Agar munofiqlarning gunohlari yer yuzidagi oʻsimliklar singari boʻlsaydi, oyoq bosishga joy topolmasdik[2].

Bugun munofiqlar Paygʻambar zamonidagidan koʻproqdir. Burungilar nifoqlarini ichda saqlashardi. Bugungilar ochiqdan-ochiq nifoq qilishadi. Yashirin nifoq iymonning samimiyligi va kamoliga toʻsqinlik qiladi. Munofiqlikdan qoʻrqqan odam undan uzoq boʻladi. Oʻzining nifoqdan uzoqdaligini aytib yuruvchi kimsa esa munofiqlikka yaqin turadi[3].

Ey birodar, munofiqqa boʻlma ulfat,
Kim ulfatdir boshi uzra yuz ming kulfat[4][5].

Har kim oʻz amali va ahvolini Qurʼon hamda hadis tarozusi bilan oʻlchamasa, munofiq boʻlur[6].

Kumushning tashqi koʻrinishi oppoq boʻlsa ham, qoʻlda va choʻntakda koʻp ushlansa, qora yuqtiradi. Shunga oʻxshash baʼzi odamlarning soʻzlari zohirida kumush kabi porloq va toza koʻrinsa ham, lekin qaygʻu va zarar keltiradi[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 25.
  2. Tursun 2006, s. 35.
  3. Tursun 2006, ss. 34–35.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 40.
  5. Tursun 2006, s. 169.
  6. Tursun 2006, s. 29.
  7. Tursun 2006, s. 124.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.