Kontent qismiga oʻtish

Muruvvat

Vikiiqtibosdan olingan
Muruvvat
Qardosh loyihalar

Muruvvat (arabcha: ‎ — mardlik, saxiylik; odamgarchilik, olijanoblik) — odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Muruvvat doʻstlarning qusur va kamchiliklaridan koʻz yumishdir[1].

Muruvvat oltita, uchtasi muqimlikda, uchtasi musofirlikda boʻladi. Muqimlikdagisi — Qurʼon tilovati, Alloh taoloning masjidlarini obod qilish, Alloh yoʻlida birodar tutinish. Musofirlikdasi — oziqani sarf etish, sheriklarga kam xilof qilish, Allohga osiy boʻlmaydigan oʻrinlarda hazil-mutoyiba qilish[2].

Toʻrtta narsa kishining muruvvatidan: tilining rostgoʻyligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, ahli zamonining taniqli kishisiga saxovat qilishi, tanish va qoʻshnilarga ozor berishdan tiyilishi[2].

Oʻzgaga qilgan muruvvatingni doʻstga ham, dushmanga ham maqtanma[3].

Chinakam yaqinlik oʻzaro muruvvat koʻrsatishdadir[4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 175.
  2. 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 136.
  3. Tursun 2006, s. 164.
  4. Voronsov 1989, s. 39.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.