Kubro
Qiyofa
(Najmiddin Kubrodan yoʻnaltirildi)
| Kubro | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1145 Xiva |
| Vafoti |
2-iyul 1221 Koʻhna Urganch |
| Qardosh loyihalar | |
Kubro, Najmiddin Kubro (asl ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy; 1145-yil, Xiva – 1221-yil) – ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi (uning taxallusi „dinning ulugʻ yulduzi“ maʼnosini beradi).
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Dunyo va oxirat yaxshiligini Rasul alayhissalomning sunnatlariga ergashishda koʻrdim[1][2].
- Dunyo-yu oxirat yaxshiligini qanoatda, yomonligini taʼmada koʻrdim[1][3].
- Husni xulqdan yaxshilik ustiga yaxshilik qoʻshadigan, hasaddan koʻra yomonlik ustiga yomonlik qoʻshdigan narsa koʻrmadim[1][4].
- Iltimosga qolgan kunda oʻlimni, bosiqlik va taʼmasizlikda barhayotlikni koʻrdim[1][5].
- Koʻrdimki, Alloh dunyo qulligidan ozod qilgan kishigina haqiqiy hur ekan[1][6].
- Koʻrdimki, eng noyob neʼmat rostgoʻylik va mardlik, eng ogʻir balo munofiq doʻstlar ekan[1].
- Koʻrdimki, eng yaxshi doʻst ilm ekan[1][7].
- Koʻrdimki, umr va dunyodan koʻra tez oʻtib ketadigan, oʻlim va oxiratdan koʻra yaqinroq, orzudan koʻra uzunroq, xotirjamlikdan koʻra goʻzalroq narsa yoʻq ekan[1][8].
- Koʻrdimki, vaqtini „essiz“, „qaniydi“, „koshki“lar bilan oʻtkazgan kishining umri eng qisqa ekan[1][9].
- Xor-u zorlikni maxluqlar xizmatida, aziz-u mukarramlikni Xoliq xizmatida boʻlishda koʻrdim[1][10].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 73.
- ↑ Tursun 2006, s. 74.
- ↑ Tursun 2006, s. 131.
- ↑ Tursun 2006, s. 87.
- ↑ Tursun 2006, s. 75.
- ↑ Tursun 2006, s. 19.
- ↑ Tursun 2006, s. 79.
- ↑ Tursun 2006, s. 116.
- ↑ Tursun 2006, s. 34.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
