Kontent qismiga oʻtish

Neʼmat

Vikiiqtibosdan olingan
Neʼmat
Qardosh loyihalar

Neʼmat (arabcha: ‎ — baxtli, farovon hayot; inʼom, hadya) — xudo inʼom etgan yegulik narsalar; noz-neʼmatlar.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohning neʼmatlari borasida oʻylamoq – ibodatning eng fazilatlilaridandir[1].

Allohning tirikchilik qilishing uchun neʼmat berishiga ishongil, chunki U jamiki mavjudotga kunduzi taom ulashishga kafolat bergan marhamatli Rahmondir. Senga kunduzi belgilab berilgan taom jiddu jahd bilan tirishganing, harakat qilganing ila baribir koʻpaymas[2].

Agar neʼmatning bir chekkasiga erisha olsangiz, noshukr boʻlib undan uzoqlashmang, yuz ham oʻgirmang[3].

Baloning yoʻqligi neʼmatdur, neʼmatning yoʻqligi balodur[4].

Kim agar oʻsibdi noz-u neʼmatda,
Holi ogʻir boʻlar, qolsa kulfatda[5].

Kishilarga boqsang noz-neʼmat kuni,
Yetishar dodingga mashaqqat kuni[6].

Neʼmatga shukr etish oʻsha neʼmatning oʻzidan ham yaxshiroqdir[7].

Neʼmatim oshsin desang ust-ustiga,
Non ushogʻin sochma oyoq ostiga![8]

Neʼmatlarning eng yaxshisi – harakat qilib erishilgani. Doʻstlarning eng yaxshisi – Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi – ichida mol-dunyo sevgisi boʻlmagani[3].

Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi[9].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 66.
  2. Tursun 2006, s. 44.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 76.
  4. Tursun 2006, s. 116.
  5. Tursun 2006, s. 78.
  6. Tursun 2006, s. 98.
  7. Tursun 2006, s. 25.
  8. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 219.
  9. Tursun 2006, s. 86.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.