Nasihat
| Nasihat | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Nasihat (arabcha: نصيحة — samimiy maslahat, oʻgit; xayrixoxlik, samimiylik), pand, oʻgit — yaxshi yoʻlga solish, taʼlim berish maqsadida aytilgan gap.
A
[tahrirlash]Ahmoqqa nasihat aylagan inson,
Shoʻr yerga urugʻni tashlagansimon!
Aqlli odam shunday odamki, birovdan nasihat eshitish oʻrniga oʻzi ibrat koʻzi bilan boqib bilib olaveradi.
Azizim, dono odamning hushyorlari gʻaflat sharobidan mast boʻlgan yoshlarga nasihat va tanbeh jazosini berishlari munosib holdir. Bilim maydonining bedorlari esa axloq koʻchasidan adashgan bexabar kishilarga adab shapalogʻini urishlari loyiq ishdir. Haqiqat yuzasidan aytilgan haq gap goʻzallar yuzidan uyat terini oqizsa-da, shoyad ular shu tufayli oʻz obroʻ eʼtiborlari haqida mulohaza qilib, yomon feʼllaridan kechishar va yomon kishilarning suhbatidan qochishar.
Bayt:
Terlar chiqdi yuzingga qilgan nasihatimdin,
Mendan xafa boʻlmagin, obroʻyingni uylayman.
Yomon bilan kam oʻtir, desam terga gʻarq botding,
Kelajaging oʻylab men haq gaplarni soʻylayman![1]
B
[tahrirlash]Begʻaraz oʻgit misoli qanddir,
Gʻarazli oʻgit oyoqqa banddir[3].
Bilginki, dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, ammo nima demoqchi ekanini bilib qoʻymoq ravo. Uning aytganiga qarshi ish tutsang, toʻgʻri yoʻldan yurgan boʻlasan. Biror kimsaning doʻst yoki dushmanligini bilmoqchi boʻlsang, unga maslahat sol. Bergan maslahatining toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga qara, shundan xulosa chiqarib olasan![4].
Bir hakim aytdi: „Yigʻilish yoki oʻtirishda baʼzi kimsalarga nasihat qilish toʻgʻri emas. Avvalo ul kishining feʼl-u atvorini hisobga olmoq zarur. Shunday kishilar boʻladiki, nasihat qilsang va aybidan ogoh qilsang, oʻz kamchiligini ogʻzingdan eshitib bilib oladi. Lekin rahmat aytish oʻrniga senga bir umr dushmanlik qilib yuradi!“[5].
K
[tahrirlash]Koʻp befoyda narsalarni oʻrganganingdan koʻra — senga doimo xizmat qiladigan besh-oʻnta yaxshi oʻgitni bilganing maʼqulroq[7].
N
[tahrirlash]Nasihatchining kaltagi yomon salomidan afzal.
Nasihatning yaxshisi shundayki, u odamni yomonlikdan uzoqlashtiradi.
Nodonga nasihat qilsang, bir qulogʻidan kirib, ikkinchi qulogʻidan chiqib ketadi.
P
[tahrirlash]Pandu nasihatdan kim oʻgirdi yuz,
Zahmati ming boʻlur, pushaymoni – yuz[11].
T
[tahrirlash]Tilingdan chiqqan sadaqang (yaʼni, pand-u nasihating va maʼviza-yu hasanang) baʼzan qoʻlingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir[12].
Oʻ
[tahrirlash]Oʻrganishni istamagan kishiga nasihat qilma![1]
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 149.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
- ↑ Tursun 2006, s. 137.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 47.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 148.
- ↑ Tursun 2006, s. 65.
- ↑ Voronsov 1989, s. 136.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 150.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 147.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 62.
- ↑ Tursun 2006, s. 63.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ Tursun 2006, s. 165.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.