Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish.
Axloqiylik aql kuchining tuygʻu kuchiga insbatliligi demakdir. Tuygʻu qanchalik kuchli boʻlsa va aql unga qanchalik yaqin tursa, kishining odamgarchiligi shu qadar kuchli. Aqlni toʻldiradigan va oʻtmaslashtiradigan tuygʻular bor va ayni zamonda tuygʻular harakatini sovitadigan aql ham mavjud[1].
Birov senga muayyan bir mehnatni singdirsa, U mehnatni unutma, misli oʻlik boʻlma. Ey asl kishi, odamgarchilikni qoʻyma, Kishilarga doim odamgarchilik qilib tur. Kel mol degan nom olma, odamgarchilik qil. Odamga odam boʻl, odamgarchilik qil[2].
Ulugʻ muhabbat teran aql bilan uzviy bogʻlangan; aqlning kengligi qalbning teranligiga teng. Shuning uchun ham insonparvarlik choʻqqisini buyuk qalb egalari zabt etadilar: chunki ular — buyuk aql egalari hamdirlar[8].
Yoʻqlik qaʼriga ketgan xalqlar va taraqqiyotdan qolgan yagona meros — ehtimol insonparvarlikdir, bu demak — kitoblar, xalq naqllari, marmar obidalar va meʼmorchilik yodgorliklaridir[9].
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.