Kontent qismiga oʻtish

Himmat

Vikiiqtibosdan olingan
(Oliyhimmatdan yoʻnaltirildi)
Himmat
Qardosh loyihalar

Himmat (arabcha: هَمَّتْ‎ — gʻayrat-shijoat, joʻshqinlik; harakat, hafsala, qunt; yugur-yugur, tashvish) — odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam; insondagi shunday ishga boʻlgan tuygʻu, xislat, fazilat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Himmat kamarini bogʻlagan hamon,
Chumoli yengadi sherni begumon[1].

  Mirzo Bedil
  •  

Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik koʻp boʻlsa, shunga yarasha odamlar uning qaygʻusiga sherik boʻlarlar, hamdardlik bildirarlar[2].

  Az-Zamaxshariy
  •  

Kishining qadri uning himmatiga yarasha boʻladi.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Maqsad talabi yoʻlida himmatingiz onqadar boʻlsinkim, basharti mening boshimga oyoq qoʻyib oʻtishga toʻgʻri kelsa-yu va siz oʻtmasangiz – aslo kechirmasman[4].

  Bahouddin Naqshband
  •  

Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[1].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Qilgan ishim boʻlmasin desa bas,
Er faqat oʻz maqsadini oʻylamas![5]

  Farididdin Attor

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Tursun 2006, s. 97.
  2. Tursun 2006, s. 96.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 168.
  4. Tursun 2006, s. 44.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 166.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.