Kontent qismiga oʻtish

Gunoh

Vikiiqtibosdan olingan
(Osiylikdan yoʻnaltirildi)
Gunoh

Qardosh loyihalar

Gunoh (forscha: ‎ – jinoyat, ayb; asli shu maʼnodagi arabcha: ‎ „junoh“ soʻzidan olingan) — diniy axloqiy tushuncha. Diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakatni bildiradi. Gunoh qilganlarni gunohkor, osiy deb atashadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohning irodasiga itoat eta olmaganingga yarasha osiylik qilma![1]

Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing – qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qoʻldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa boʻlishing – gunohdan koʻra kattaroqdir[2].

Banda uchun gʻam va xavfdan yaxshiroq doʻst yoʻqdir. Gʻam oʻtgan gunohlar uchun, xavf qachon tushishi noma’lum boʻlgan gunohlar uchundir[3].

Bir kishiga „Allohdan qoʻrq“, deyilganida, u: „Sen oʻzingni bil“, deb javob qilsa, shu ish Alloh nazdidagi katta gunohlardan biridir[4].

Eng zararli gunohlardan biri — johillik bilan toatda boʻlish va bu — johillik oqibatida gunohkor boʻlishdan ham kuchliroqdir[5].

Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni koʻrib turgani holda qalbing choʻchib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qoʻrqishingsodir etgan gunohingdan kattaroqdir[6].

Gunohlardan xursand boʻlishing gunoh qilishingdan ogʻir gunohdir[7].

Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla[8].

Umar

Gunoh qilishdan tiyilish gunohga tavba qilishdan osonroqdir[9].

Gunoh qilish ilmning barakasini yoʻqotadi, uni unutishga olib keladi[10].

Gunoh qilmaslik tavba qilishdan osonroq[11].

Har nafasda ayladik yuz ming gunoh,
Bir gunohga urmadik hech bir kun oh[12].

Insonlar Allohning azamati haqida fikr yuritganlarida Unga osiylik qilmasdirlar[13].

Kishi gunohi tufayligina jamoat namozini oʻtkazib yuboradi[6].

Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin boʻlma. Hech bir gunoh yoʻqki, uni qilganingdan soʻng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda oʻng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging sodir etgan gunohingdan kattaroqdir[14].

Sen gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qaragin[15].

— Muhammad Nuaym

Sening nazaringda gunohlar kichraygani sari Alloh huzurida ulkanlashib boraveradi. Sening nazaringda kattalashgani sari esa, Alloh huzurida kichrayib boradi[16].

Zamonning evrilishidan, doʻstlarning bevafoligidan qilayotgan shikoyating gunohlaringning senga qoldirgan merosidir[17].

Oʻzini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi[18].

Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa boʻladi, chunki Odam alayhissalomning adashishi shahvatdan boʻlgan edi. Ammo kibr tufayli qilingan gunohlarning avf etilishiga umid yoʻq, chunki shayton kibri sababli kechirilmas gunohga qoldi[19].

Shaqovat (bebaxtlik) nishonasi shuldirki, banda gunoh qiladi, ammo Allohdan yaxshilik yetsa edi, deb umid qiladi[20].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 55.
  2. Tursun 2006, s. 31.
  3. Tursun 2006, s. 34.
  4. Tursun 2006, s. 46.
  5. Tursun 2006, s. 68.
  6. 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 27.
  7. Tursun 2006, s. 56.
  8. Tursun 2006, s. 48.
  9. Tursun 2006, s. 23.
  10. Tursun 2006, s. 7.
  11. Tursun 2006, s. 49.
  12. Tursun 2006, s. 61.
  13. Tursun 2006, s. 60.
  14. Tursun 2006, s. 37.
  15. Tursun 2006, s. 24.
  16. Tursun 2006, s. 22.
  17. Tursun 2006, s. 170.
  18. Tursun 2006, s. 8.
  19. Tursun 2006, s. 153.
  20. Tursun 2006, s. 53.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.