Kontent qismiga oʻtish

Oxirat

Vikiiqtibosdan olingan
Oxirat

Qardosh loyihalar

Oxirat (arabcha: الآخرة‎ — oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) — diniy tushuncha. Oxirat haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xos.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Allohdan qoʻrqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat boʻlmasa edi, dunyoni bu tarzda koʻrmas edingiz[1].

Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi ajr-mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir[1].

Badaning uchun dunyoni, koʻngling uchun oxiratni lozim tut. Dunyo tanni semirtiradi, oxirat fikri koʻngilni oʻstiradi[2].

Dunyoda ekinlar ekib-oʻrgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavq-u safo surgan dunyoning oʻgʻillari, doʻstlari bugun qayerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling[1].

Dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan koʻra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla![1]

Dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni vaqtda nikohida boʻlgan ikki xotiniga oʻxshaydi. Biri mamnun boʻlsa, ikkinchisi kuyaveradi[3].

Dunyo hayotida qoʻlga kiritolmagan narsalaring uchun qanchalik achinsang, oxirat tushunchasi qalbingdan shunchalik oʻchiriladi[3].

Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga oʻxshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi[4].

Dunyo kezib oxiratini topganni koʻrmadik, lekin oxiratini qidirib, dunyosini topganlarni koʻrdik[5].

Dunyo nashʼali, ammo asl joyimiz emas. Oxirat uchun ham harakat qilishimiz kerak[6].

Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham yoki oxiratini tark etib faqat dunyosi uchun amal qilgan odam ham sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan odam yaxshilaringizdir[5]

Eh, bizlar bu dunyoda faqir va bechorahol boʻlishdan qoʻrqamiz. Ammo oxiratda faqir, nochor va rasvoyi jahon boʻlishdan qoʻrqaymiz. Holbuki, biz – bandalarning yaxshi amallarga faqir-u kambagʻal boʻlishimiz bu dunyodagi kambagʻalligimiz va nochorligimizdan qoʻrqinchliroq va uyatliroqdir[7][8].

Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman[1].

Kim dunyolikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, bunga hech qachon qanoat qilmaydi, yana istaydi. Kim oxiratlikni qattiq istasa-yu, unga bu berilsa, u ham bunga qanoatqilmaydi, yana istaydi. Na dunyolik orzularining, na-da oxiratlik orzularining soʻnggi bordir[9].

Odamzot uch narsaga afsuslanib bu dunyodan koʻchadi: toʻplagan moli va boyligi bilan toʻymaydi, orzulariga erisholmaydi, oxirat hayoti uchun hozirligini qilolmaydi[10].

Oxiratni oʻylamay bu dunyoda boylik izlaganlar bu dunyoda yoki oxiratda xor boʻladilar[11].

Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar, vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar. Oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki, unda amalsiz rizqlanmaysizlar[12].

Oʻlimdan, hisob-kitobdan keyin Alloh taolo moʻminlarga, ahli taqvodorlarga goʻzal bir hayot baxsh etadi. Chin moʻmin oʻsha hayotga ishonadi va manzilga yorugʻ yuz ila yetmoq uchun fidoyilik qiladi[13].

— Umar Foruq Saydo al-Jazariy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Tursun 2006, s. 81.
  2. Tursun 2006, s. 76.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 75.
  4. Tursun 2006, s. 82.
  5. 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 70.
  6. Tursun 2006, s. 80.
  7. Tursun 2006, s. 41.
  8. Tursun 2006, s. 71.
  9. Tursun 2006, s. 73.
  10. Tursun 2006, s. 77.
  11. Tursun 2006, s. 83.
  12. Tursun 2006, s. 91.
  13. Tursun 2006, s. 120.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.