Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Pisarev

Vikiiqtibosdan olingan
(Pisarev, Dmitriy Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Dmitriy Pisarev

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 2 (14) oktyabr 1840
Znamenskoe
Vafoti 4 (16) iyul 1868
Yurmala
Qardosh loyihalar

Dmitriy Ivanovich Pisarev [1840.2(14).10, hozirgi Lipetsk viloyati Znamenskoye qishlogʻi — 1868.4(16).7, hozirgi Yurmala] — rus publitsisti va ada-biy tankidchisi

Aqliy halovatga axloqiy fazilatlar tufayli erishiladi[1].

Умственное спокойствие покупается ценой нравственного достоинства[2].

Birovni tushunmoq uchun oʻzingni uning oʻrniga qoʻyib koʻrmogʻing, uning sevinchi va dardini his etmogʻing lozim[3].

Чтобы понимать человека, надо уметь поставить себя в его положение, надо перечувствовать его горе и радость[4].

Butun hayot davomida insonga yengiltaklik va loqaydlik bilan qarash mumkin hisoblangan biron soniya ham boʻlmasligi kerak[3].

Во всей человеческой жизни нет ни одной минуты, в которую было бы позволительно относиться к человеку легкомысленно и беспечно[4].

Kishi badantarbiya qilgani singari aql va feʼl-atvorini ham mashq orqali toblashi mumkin[5].

Если возможна гигиена тела, то возможна также гигиена ума и характера[6].

Majburan qilingan yaxshilikning qimmati yoʻq[7].

Вынужденная добродетель теряет всю свою цену[8].

Maqolga aylanib ketgan yoki alifbe va kitoblarni bezab turuvchi koʻpgina haqiqatlar agar biz uchun jonsizdek va siyqa gapdek tuyulmaganda edi, biz nihoyatda aqlli va juda baxtli odamlar boʻlardik[9].

Мы были бы очень умными и очень счастливыми людьми, если бы многие истины, обратившиеся уже в пословицы или украшающие собою азбуки и прописи, перестали быть для нас мертвыми и избитыми фразами[10].

Oʻzingda ham, boshqalarda ham insoniy shaxsiyatni eʼzozla[3].

Уважайте в себе и других человеческую личность[4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Voronsov 1989, s. 29.
  2. Воронцов 1977, s. 40.
  3. 3,0 3,1 3,2 Voronsov 1989, s. 38.
  4. 4,0 4,1 4,2 Воронцов 1977, s. 53.
  5. Voronsov 1989, s. 36.
  6. Воронцов 1977, s. 50.
  7. Voronsov 1989, s. 44.
  8. Воронцов 1977, s. 60.
  9. Voronsov 1989, s. 7.
  10. Воронцов 1977, s. 11.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 
  • Воронцов, Владимир Васильевич. Симфония разума. Афоризмы и изречения отечественных и зарубежных авторов, 2-е изд., Москва: Молодая гвардия, 1977 — 624-bet.