Aflotun
Qiyofa
(Platondan yoʻnaltirildi)
| Aflotun | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
420 до н. э. Afina |
| Vafoti |
340 до н. э. Afina |
| Qardosh loyihalar | |
Aflotun yoki Platon (yunoncha: Πλάτων)(mil.av. 428/mil.av. 427 — mil. av. 348/mil. av. 347) — qadimgi yunon faylasufi. Ustozi Suqrot va shogirdi Arastu bilan birgalikda Aflotun Gʻarb madaniyatini shakllantirdi. U shuningdek matematik, yozuvchi hamda Afinadagi ilk akademiya asoschisi boʻlgan.
B
[tahrirlash]- Barcha narsalarni oxir-oqibat oʻlim yamlamaydimi?
D
[tahrirlash]- Dunyoda eng ojiz va notavon odam oʻz sirini yashira olmaydigan kishidir. Agar kishi oʻz sirini asray olmasa, hech qanday doʻst uni asrashga qodir emas!
- Doʻstlarning hamma narsasi umumiydir[1].
H
[tahrirlash]- Hayotda eng muhimi — koʻp narsalarga ega boʻlishingiz emas, oz narsalarga ehtiyoj his qilishingizdir.
- Hurmat bor joyda har doim qoʻrquv boʻladi. Qoʻrquv bor joyda hurmat doim ham boʻlavermaydi[2].
I
[tahrirlash]- Ishning eng muhim qismi uning boshidir.
K
[tahrirlash]- Koʻzlar ruh oynasidir.
N
[tahrirlash]- Nazm va falsafa bir-biriga doim dushmandirlar.
S
[tahrirlash]- Sinalmagan hayot yashashga arzigulik emas.
- Sizda bor boʻlgan narsalar, sizning qanchalik boy ekanligingizni belgilamaydi. Aksincha, nimalarga muhtojligingiz, saviyangizni va darajangizni belgilaydi.
Y
[tahrirlash]- Yovuzlikning eng katta jazosi yomon odam boʻlishdir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.
