Podshoh
| Podshoh | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Podshoh yoki podsho, shoh (qadimgi forscha: پادشاه; pati — hukmdor va shoh) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharqdagi baʼzi mamlakatlar hukmdorlari. Dastlab Sosoniylar davlatida qoʻllanila boshlagan. 2) Rossiya hukmdorlarining samoderjaviye agʻdarilgunga qadar oʻzbeklar orasidagi nomi (boshqa nomlari — chor, oq podshoh).
P
[tahrirlash]Podshohga yaqin va uning xizmatida boʻlgan kishilar xorlanish va haqorat eshitishdan nolimasliklari kerak. Suvga tushgan gʻavvos shoʻr suvdan totimay iloji yoʻq[1].
Podshohlar oʻzlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom koʻrsatishi zarur[2].
Podsholik istasang boʻl el gadosi,
Oʻzingni unut-u boʻl el oshnosi.
El toj kabi boshga koʻtarsun desang,
El qoʻlin tutginu boʻl xokiposi.
X
[tahrirlash]Hokimiyat jilovi odil podshoh qoʻlida boʻlsa, hamma adolatli boʻlishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha boʻlsa, xalq yolgʻonchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik koʻrsatadi[2].
Sh
[tahrirlash]Shuni bilginki, mamlakatda tartib-intizom va osoyishtalik oʻrnatilishi odil podshohga bogʻliq. Askarlar farovonligi va davlatning gullab-yashnashi uning odilligidan. Fuqarolar podshohning xazinasi hisoblanadi. Xazina boʻsh boʻlsa, podshoh kambagʻal boʻlib qoladi[4].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 110.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 105.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 72.
- ↑ Tursun 2006, s. 108.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.