Kontent qismiga oʻtish

Poshshoxoja

Vikiiqtibosdan olingan
(Poshshoxoʻjadan yoʻnaltirildi)
Poshshoxoja
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1480
Vafoti 1547
Qardosh loyihalar

Poshshoxoja, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480-yil, Niso – 1547-yil, Buxoro) – shoir, davlat arbobi va yirik ulamo.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Ajdaho bilan urush qilgan kishi polvon emas,
    Pahlavon uldurki, gʻolib boʻlsa, kim oʻz nafsiga[1].
  • Alifdek agar rost boʻlsang mudom,
    Senga olam ichra topilmas nazir[2].
  • Haqiqat ahlikim, chekti bu olam ichra mehnatni
    Oʻshal mehnat ila oxir topar joh ila davlatni[3].
  • Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
    Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur[4].
  • Kimki saning aybingni aytur sanga,
    Shafqat ila lutfu karam qil anga[5].
  • Odam ulki jahonda yaxshi soʻzdin pand olur,
    Qolmas ushbu odam, ammo olam ichra soʻz qolur[6].
  • Qaydakim chubchuq malaxni koʻrsa boʻlur shahboz,
    Vale shahboz oldida bordur malahdin ham zabun[7].
  • Qayu xazinaga zulmning bir aqchasi kirsa,
    Ul xazinani yiqmay qoʻymas[8][9][10].
  • Raiyat erur mevalik bir yagʻoch,
    Suv bersang ango, meva berur sango[11].
  • Rost soʻz ar taʼbingta kelsa yomon,
    Dema yomonki, erur ul nushi jon[2].
  • Tiriklik yeru dildor ila xushtur,
    Tiriklikni netarsan, boʻlmasa yor...
    Kishi yolgʻiz jahonda boʻlmadi shod,
    Nechakim olamda boʻlsa shahriyor[12].
  • Yaxshi avsof bila qil ushbu jahon ichra suluk,
    To saning avsofing oʻlgʻay olam ichra doston[13].
  • Xalqqa lutfni kam qilmagʻil,
    Hech kishiga javru sitam qilmagʻil[14].
  • Gʻiybat, badgoʻygʻa solma quloq,
    Doim oʻshal toifadan boʻl yiroq[15].
  • Shoʻbon boʻlmasa qoʻydin boxabar,
    Boʻridin yetar anga har dam zarar[16].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 175.
  2. 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 211.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 220.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 17.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 128.
  6. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 111.
  7. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 145.
  8. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  9. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 194.
  10. Tursun 2006, s. 109.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 71.
  12. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 178.
  13. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 225.
  14. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
  15. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 187.
  16. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 66.

Adabiyotlar

[tahrirlash]