Kontent qismiga oʻtish

Qobiliyat

Vikiiqtibosdan olingan
Qobiliyat
Qardosh loyihalar

Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi. Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Azizim, hunar ahlining tarbiyasiga saʼy-harakat qil. Hunarsiz kishilarga otasining xizmatlari tufayli eʼtibor qilma! Odamlarni otasining xizmatlari tufayli emas, oʻzlarida boʻlgan qobiliyat tufayli tarbiyalash lozim!
Bayt:
Oʻlikdir hayotda hunarsiz kishi,
Hunarsiz boʻlgandan oʻlgani yaxshi![1]

Isteʼdodli odamga — dagʻallik, qobiliyatsizga — mansab yarashmaydi[2].

Mening ikki toifadagi odamlarga: biror narsaga intilmaydigan iqtidorli odamga va qobiliyatsiz serhafsala odamga rahmim keladi[3].

Qobiliyat egasining boshini silamaslik – zolimlik, isteʼdodi yoʻqni tarbiyalash – johillik[4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 5.
  2. Tursun 2006, s. 141.
  3. Tursun 2006, s. 131.
  4. Tursun 2006, s. 58.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.