Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻyicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m3. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan ellipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv t-ra, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng. Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.
Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.