Aksariyat yaxshi erning qadriga yetmagan xotinga Alloh yanada zolimroq erni, soliha ayolning qadriga yetmagan erga esa kuydiruvchi xotinni roʻpara qilib qoʻyadi[1]. [„Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asari, „Uchinchi gurung: Doka roʻmol qachon quriydi?“ boʻlimidan]
Aql-idrokdan mahrum boʻlgan bosh — suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasiz yigit — egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin — tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmagan olim — xushboʻy, ammo guli yoʻq boʻstonga oʻxshaydi[2].