Kontent qismiga oʻtish

Rahmdillik

Vikiiqtibosdan olingan
(Rahmdan yoʻnaltirildi)
Rahmdillik

Qardosh loyihalar

Rahmdillik (arabcha: ‎ — shafqat, marhamat; achinish; mehribonlik, mehr) — ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuygʻusi va shunday tuygʻu taʼsirida koʻrsatilgan shafqat, marhamat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar arz soʻraguvchilardan boʻlmoqni xohlasang, qoʻling ostidagilarni aziz tutgin[1].

  Jaloliddin Davoniy
  •  

Azizim, jafo koʻrgan kishi senga arz qilib, yordam soʻrab kelsa, sen aslo diltang boʻlma! Chunki martaba egasi tabib hukmidadir. Bemor oʻzining barcha dardlarini tabibga aytmasa, tabib uning kasalligi siridan voqif boʻlolmaydi. Natijada shifo sharbatini jafo chekuvchiga ichirolmaydi[2].

  Xoja Samandar Termiziy
  •  

Bugun yeyishga narsasi boʻlmagan odam sendan non nasiya olsa, unga rahm qil, ammo goʻsht nasiya olgan odamga shafqat qilma. Birinchisi haqiqiy nochor, ikkinchisi esa nafs bandasidir.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin,
Siniq koʻngillardan koʻproqdir tashvish.

  Pahlavon Mahmud[4]
  •  

Javobini qaytarishdan ojiz boʻlgan odamga musht otma.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Qachonkim shod esang, gʻamlina rahm et,
Agar sulton esang, miskina rahm et[6].

  Hofiz Xorazmiy
  •  

Oʻzingdan ojizlarga rahm bilan, oʻzing bilan tenglarga insof bilan, oʻzingdan ustunlarga aql bilan boq.

  Otalar soʻzi[5]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 112.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 194.
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 174.
  4. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 102.
  5. 5,0 5,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 195.
  6. Tursun 2006, s. 110.

Adabiyotlar

[tahrirlash]