Kontent qismiga oʻtish

Rebecca Kadaga

Vikiiqtibosdan olingan
Rebecca Alitwala Kadaga

Rebecca Kadaga
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1956-yil 24-may
Kamuli
Qardosh loyihalar


Rebecca Alitwala Kadaga (1956-yil 24-mayda tugʻilgan) – ugandalik huquqshunos va siyosatchi boʻlib, 2011-yil 19-maydan 2021-yil 21-maygacha Uganda parlamenti spikeri lavozimida ishlagan. Hozirda Rebecca Ugandaning birinchi bosh vazir oʻrinbosari hisoblanadi. Shu bilan birga, u Sharqiy Afrika hamjamiyati ishlari vaziri sifatida ham Uganda Vazirlar Mahkamasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Uganda hukumati mintaqaviy integratsiya va savdoning ahamiyatini tan oladi hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan siyosat va tashabbuslarni ilgari surishga sodiqdir[1].
  • Koʻmir bu yerdan chegaralarimiz orqali Keniya va Ruandaga olib oʻtiladi. Men moliya vaziri [Matia Kasaija]ga koʻmir savdosi haqida yozganman[2].
  • Kongoliklar bizning doimiy qoʻshnilarimizdir[3].
  • Keniya bilan tuxum va shakar masalasida olishish oʻrniga, mahsulotlarimizni kattaroq bozorga – KDRga olib boramiz. Keniyada taxminan 40 million aholi bor, KDRda esa 90 million. Demak, KDRda biz uchun Keniyadagidan ham kattaroq bozor bor. Ugandaliklar uchun esa endi dengizga chiqishning bittadan ortiq yoʻli paydo boʻlayotgani katta yutuqdir[4].

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Manbalar

[tahrirlash]