Kontent qismiga oʻtish

Rostgoʻylik

Vikiiqtibosdan olingan
(Rostgoʻydan yoʻnaltirildi)
Rostgoʻylik
Qardosh loyihalar

Rostgoʻylik, toʻgʻrisoʻzlik, haqgoʻylik — rostini, haqiqatni gapirishni, oʻzini va oʻzgalarni aldamaslikni anglatuvchi tushuncha.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Ixlos – maxluqlarning mulohazasini qilishdan saqlanish, rostgoʻylik esa nafsga itoat etishdan omonda boʻlishdir[1].

Ixlos – xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. Rostgoʻylik esa nafsga itoat etishdan omonda boʻlishdir. Ixlosli kishida riyo boʻlmaydi, rostgoʻyda magʻrurlanish[2].

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[3].

Muvozanat toʻrt joydadir: iymon va kufr oʻrtasida, toʻgʻrisoʻzlik va yolgʻon oʻrtasida, tavhid va shirk oʻrtasida, ixlos va riyo oʻrtasida[4].

Oqil chin soʻzdin oʻzgani demas, ammo barcha chinni ham demak — oqil ishi emas[5].

Rostgoʻy kishi boshqalarning qalbidan chiqadigan narsaga eʼtibor bermaydigan va zarracha yaxshiligidan insonlar ogoh boʻlishini yoqtirmaydigan hamda yomon amallaridan insonlar xabardor boʻlishini karih koʻradigan kishidir[6].

Rostgoʻylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar boʻlishidir[7].

Rostgoʻylik oxirat kunida najotga muyassar qilur[8].

Solih bandalar qanchalar koʻp, lekin ular orasida sodiqlari (haqgoʻy, haq soʻzlilari) qanchalar kam![9]

Toʻgʻrisoʻzlik Allohning yerdagi qilichidir, nimaning ustiga tushmasin, albatta uni kesadi[9].

Yolgʻonchilikdan chetlanib, rostgoʻylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolgʻonchining oʻzi ham sevib maqtaydi[10].

Oʻzini yoki birovni aldagan kishi rostgoʻylikning hidini ham hidlamaydi[7].

Oʻzingga doimo rost soʻzlarni ixtiyor qil, agar-da seni rostlik oʻldirsa ham[11].

Shohlar havosiga xilof boʻlsa hech,
Rost gapni ham aytma, bu havasdan kech[10].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 47.
  2. Tursun 2006, s. 50.
  3. Tursun 2006, s. 122.
  4. Tursun 2006, s. 56.
  5. Tursun 2006, s. 61.
  6. Tursun 2006, s. 146.
  7. 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 147.
  8. Tursun 2006, s. 149.
  9. 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 150.
  10. 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 144.
  11. Tursun 2006, s. 141.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.