Kontent qismiga oʻtish

Sadaqa

Vikiiqtibosdan olingan
Sadaqa

Qardosh loyihalar

Sadaqa (arabcha: صدقة‎‎ – xayr-ehson) – miskin, bechorahol, qashshoq va muhtoj kishilarga beriladigan majburiy yoki ixtiyoriy xayr-ehson.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem boʻlmasin yoki qaroqchilar qoʻliga tushmasin, desang, sadaqa qil[1].

Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir[2].

Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar toʻlqinini duo bilan daf qilinglar[3].

Pinhon tutsang yoʻqolur,
Bersang oʻzingda qolur[4].

Rizq-u roʻzing koʻp boʻlsin desang, koʻp sadaqa qil[5].

Xayr-sadaqani kasb qilib olgan odamga hech bir ish yoqmaydi[4].

Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir[6].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 102.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 104.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 28.
  4. ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 98.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 99.
  6. ↑ Tursun 2006, s. 123.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.