Kontent qismiga oʻtish

Mixail Saltikov

Vikiiqtibosdan olingan
Mixail Saltikov

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 15 (27) yanvar 1826
Spas-Ugol
Vafoti 28 aprel (10-may) 1889
Sankt-Peterburg
Qardosh loyihalar

Mixail Yevgrafovich Saltikov, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N. Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas—Ugol qishlogi, Kalyazin tumani1889. 28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Harqalay, eng muhimi: vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi, qolgan hammasini ham osongina hal qilasan[1].
  • Men Rossiyani jon-tanim bilan sevaman va oʻzimni Rossiyadan tashqarida tasavvur qilolmayman[2].
  • Qadimgi donishmandlik shu qadar koʻp durdonalarni meros qoldirganki, ularni bir-biriga qalab chiqish natijasida butun bir yiqib boʻlmas devor vujudga kelgan[3].
  • Vatanparvarlikning tarbiyaviy ahamiyat juda katta, bu kishining bashariyat haqidagi gʻoyalar bilan ulgʻaytiradigan maktabdir[4].
  • Vatan gʻoyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uygʻotadi, nopok kishilarni esa, agar vatan gʻoyasi boʻlmaganda qilishlari aniq boʻlgan koʻpgina qabihliklardan saqlaydi[4].
  • Vatan gʻoyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek hos boʻlmogʻi zarur, binobarin, bu gʻoyani chinakam his etgandagina kishi oʻzini grajdan deya hisoblashga haqlidir[4].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Voronsov 1989, s. 20.
  2. Voronsov 1989, s. 21.
  3. Voronsov 1989, s. 6.
  4. 4,0 4,1 4,2 Voronsov 1989, s. 18.

Adabiyotlar

[tahrirlash]