Kontent qismiga oʻtish

Sandra Aguebor

Vikiiqtibosdan olingan
Sandra Aguebor
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1979-yillar
Benin-siti
Qardosh loyihalar

Sandra Aguebor yoki Aguebor-Ekperuoh – nigeriyalik mexanik. Nigeriyadagi birinchi ayol mexanik sifatida tilga olinadi. Shuningdek, jinsiy zoʻravonlikka uchragan va ijtimoiy jihatdan himoyasiz ayollarni mexanik boʻlish uchun oʻqitadigan hamda oʻzini oʻzi taʼminlashiga yordam beradigan „Lady Mechanic Initiative“ tashabbusining asoschisi.


Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Mening Nigeriyam – Afrikaning giganti, chunki Nigeriya Afrikada birinchi boʻlib ayol mexanikni yetishtirdi.
    • [1] Sandra Agueborning Aljaziraga bergan intervyusi.
  • Mening Nigeriyam – erkaklar ustunlik qiladigan kasblarda ishlayotgan koʻplab ayollarni topishingiz mumkin boʻlgan joy. Mening nigeriyalik ayollarim kuchli ayollardir.
    • [2] Sandra Agueborning Aljaziraga bergan intervyusi.
  • Cheklovlar, toʻsiqlar va qiyinchiliklar meni ortga qaytarishi mumkin edi, lekin ular mening imkoniyatlarimga aylandi. Kelajak porloq koʻrinadi.
    • [3] Sandra Agueborning Aljaziraga bergan intervyusi.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: