Kontent qismiga oʻtish

Saxovat

Vikiiqtibosdan olingan
(Saxiydan yoʻnaltirildi)
Saxovat

Qardosh loyihalar

Saxovat (arabcha: ‎ — qoʻli ochiqlik, oliyhimmatlik, saxovatlilik) — baland himmatlilik, saxiylik.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Baxil boʻlma, ey saxovatli kishi,
Saxovatli degan mangu qoladi, oʻlmaydi[1].

  Yusuf Xos Hojib
  •  

Bilgilki, saxovat maqtovga loyiq feʼldir. U insonga sayqal beruvchi bezakdir. Saxiylikning natijasi yaxshi nomlilik, ezgulik beruvchi bezakdir. Saxiylikning natijasi doʻstlarning koʻpayishidir. Odamzod uchun saxovatdan yaxshiroq va azizroq yoqimli sifat yoʻq!
Bayt:
Kimda gar saxiylik odati yoʻqdir,
Yaxshilik kutmoqning hojati yoʻqdir[2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Bir hakimdan: „Kishining barcha hunarlarini yoʻqqa chiqaradigan narsa nima?“ deb soʻradilar. U esa: „Baxillikdir!“ deb javob berdi. Yana undan: „Kishining barcha ayblarini bekitadigan narsa nima?“ deb soʻradilar. U esa: „Saxiylikdir!“ deb javob berdi[2].

  Abulbarakot Qodiriy
  •  

Bir-ikki soʻ bugʻdoydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir[3].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Boyliging boʻlganda tanglik qilmagin,
Yoʻling ochiq boʻlsa, langlik qilmagin![2]

  Farididdin Attor
  •  

Har qanday odamning qalbida saxiyga muhabbat, baxilga nafrat bor[4].

  Yahyo ibn Muoz
  •  

Hisobsiz mol yiqqan bilan odam saxiy boʻlolmaydi[5][6]. [[[Qoʻrqut ota kitobi]]dan]

  Qoʻrqit ota
  •  

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[7].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Olimlarning aytishlaricha, odamlar toʻrt toifadan iborat. Ularning birlari ochkoʻzdirlar. Oʻzlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari oʻtaketgan ziqnalar boʻlib, oʻzlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular oʻzlari yeb, boshqalarga ham beradilar. Toʻrtinchisi – oliyhimmat odamlardir, oʻzlari yemay boshqalarga beradilar[8].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Saxiylik bu – insonning saxovat koʻrsatib, keyin bu haqda unutishidir[9].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Saxiy, mardlar yozsa dasturxon,
Hatto itga tegar ustixon[4].

  Xusrav Dehlaviy
  •  

Saxiy shovvoz mening nazdimda pastkash qoridan afzaldir[10].

  Bishr Hofiy
  •  

Saxovat bilan isrof boshqa boshqa narsa.

  Otalar soʻzi[11]
  •  

Saxovatli boʻlmasang mayli, ammo isrofgar boʻlma.

  Otalar soʻzi[11]
  •  

Saxovatsiz ishi birla gavharsiz sadafning hukmi bir[12].

  Alisher Navoiy
  •  

Soʻralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. Soʻralganidan soʻng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bogʻliq boʻlib qoladi[8].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Soʻralmasidan bergan haqiqiy saxiy odam, qasos olishga qodir boʻlaturib, avf etgan haqiqiy mard odam[4].

  Husayn ibn Ali
  •  

Yarim tovoq oshki, toparsan nasib,
Yarmini berki, yesun bir gʻarib[3].

  Haydar Xorazmiy
  •  

Oʻzing muhtoj boʻla turib, saxiylik qilaman dema[8].

  Muhammad Siddiq Rushdiy
  •  

Chiroyli toʻningni oʻzing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut[12].

  Mahmud Qoshgʻariy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 167.
  2. 2,0 2,1 2,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 167.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 100.
  4. 4,0 4,1 4,2 Tursun 2006, s. 96.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
  6. Tursun 2006, s. 103.
  7. Tursun 2006, s. 122.
  8. 8,0 8,1 8,2 Tursun 2006, s. 97.
  9. Tursun 2006, s. 99.
  10. Tursun 2006, s. 104.
  11. 11,0 11,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 168.
  12. 12,0 12,1 Tursun 2006, s. 98.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]