Sayohat
| Sayohat | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Sayohat yoki safar — bu uzoq geografik joylar orasidagi odamlarning harakati. Sayohat piyoda, velosipedda, avtomobilda, poyezdda, qayiqda, avtobusda, samolyotda, kemada yoki boshqa yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin va bir tomonlama yoki ikki tomonlama boʻlishi mumkin.
A
[tahrirlash]Azizim, safardan koʻpgina tajribalar va behad foydalar yuzlanadi. Koʻrmaysanmi, osmon doimo aylanib turgani uchun hamma narsadan yuqori, yer esa bir yerda turgani uchun har qanday nokas oyogʻi ostida xor.
Bayt:
Uyida yuragi gʻussaga toʻlgan
Kishiga hammadan yaxshisi safar.
Safarkim qanchalar ogʻir boʻlmasin,
Uyda siqilishdan yaxshiyu, behtar![1]
H
[tahrirlash]Hayot lazzati — sayohat!
O
[tahrirlash]Odamning yaxshisi safarda bilinadi.
P
[tahrirlash]Pishay desang, safar qil.
S
[tahrirlash]Safarda besh foyda bor: koʻngil yozish, kuch toʻplash, mol yigʻish, ilm va odob oʻrganish, dono kishilar ziyoratida boʻlish.
Safardan koʻp tajribalar hosil boʻladi va behisob foydalar qoʻlga kiradi, deb eshitgan edim men. Menda oʻsha tajribalar hosil boʻldi. Endi to hayot ekanman, boshqa safar qilish haqida oʻylamayman.
Bayt:
Gʻariblikni endi havas qilmayman,
Doʻstlar diydori-la boʻlish koʻp xushdir[3].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 70.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 69.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 60.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.