Sayyid Qosimiy
Qiyofa
| Sayyid Qosimiy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Qardosh loyihalar | |
Sayyid Qosimiy (arabcha: سيد قاسمي; XV asrda yashagan) oʻzbek shoiridir.
B
[tahrirlash]- Bilgali soʻz xotiri dono kerak,
Koʻrgali yoʻl didai bino kerak[1]. - Bir kishiga „sen“ deganingdir chu tigʻ,
Yaxshi soʻzung qilma kishidan darigʻ[2].
D
[tahrirlash]- Dushman agar moʻr boʻlsa, koʻrma haqir,
Har nechaki boʻlsa olingda asir[3].
H
[tahrirlash]- Hamdami ishq boʻlmadi har bulhavas,
Oʻtga yovuq kelsa, kuyar har xor-u xas[4]. - Har na ishing bitmasa toat bila,
Hosil boʻlur sabr-u qanoat bila[5].
K
[tahrirlash]- Ketur elga dili ahli dileni,
Qabul et hidmati bir muqbileni.
Kimakim lutfu hidmat hamdam ermas,
Erur hayvoni notiq, odam ermas[6]. - Kimki bosar haddidin ortiq ayoq,
Kelturur oʻziga kuchun ul tayoq.
Boshni talab yoʻlida sen xok qil,
Pirohani tanni chu gul chok qil[7]. - Kishikim ayamas xush soʻz kishidan,
Emas gʻofil dame tangri ishidan[1].
O
[tahrirlash]- Odamiyga sabr-u qanoat kerak,
Sidq-u irodat ila toat kerak[8]. - Otang-onang tarbiyatiga qil guzar,
Holina aylab nazar, olgil xabar[9]. - Oti chiqar kimdaki bor lutfu jud,
Davlati shoista dagul bevujud.
Lutfu muruvvat yoʻlina ur qadam,
Kim bu durur shoxiyu tablu alam.
Kimdakim bordur lutfu karamdin nishon,
Oʻlsa oʻzi, oti qolur jovidon[10].
T
[tahrirlash]- Tilarsen hosil etsang nomi mardiy,
Boshni qil fidoyi ahli darde.
Xomtama odami odam dagul,
Aql-u basarot bila hamdam dagul.
Kimki tama rishtasina bastadur,
Dardi qabohat ila pobastadur[11].
X
[tahrirlash]- Xomtama odami odam dagul,
Aqlu basorat bila hamdam dagul[12].
Y
[tahrirlash]Z
[tahrirlash]Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 67.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 54.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 41.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 83.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 138.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 217.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 100.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 142.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 4.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 72.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 218.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 140.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 92.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.