Seneka Lutsiy Anney
Qiyofa
(Senekadan yoʻnaltirildi)
| Seneka Lutsiy Anney | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
0 до н. э. Corduba |
| Vafoti |
12-aprel 65 Rim |
| Qardosh loyihalar | |
Lutsiy Anney Seneca (tax. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati haqida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiy-diniy qoʻllanma deb bilgan.
A
[tahrirlash]- Avvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni oʻrgan, chunki axloqli boʻlmay turib, donishmand boʻlish amri mahol[1].
- Azob chekmaslik insonga xos emas, azobga chidamaslik esa er kishiga yarashmaydi[2].
B
[tahrirlash]- Begunohni jazolash — sudyalarning oʻzini jazolash degan soʻz[3].
- Birovga yaxshilik qilgan kishi oʻziga yaxshilik qilgan boʻladi, yaxshilikdan yaxshilik kutib emas, yaxshilik uchun yaxshilik qilish kerak, chunki bundan odam bitmas-tuganmas huzur oladi[4].
F
[tahrirlash]- Faqat oʻzini oʻylaydigan, hamma narsadan oʻziga manfaat izlaydigan odam baxtli boʻlolmaydi. Oʻzing uchun yashamoqni istasang, boshqalar uchun yasha[5].
I
[tahrirlash]- Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol duch kelmaydi[6].
- Ichkilik ichish zahar ichish kabi zararlidir[7].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]- Kimki har ikki tomonni tinglamay turib hukm chiqarsa, bu hukmi qanchalik odil boʻlmasin, baribir nohaqdir[3].
- Kitoblar soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi[9].
- Koʻp befoyda narsalarni oʻrganganingdan koʻra — senga doimo xizmat qiladigan besh-oʻnta yaxshi oʻgitni bilganing maʼqulroq[10].
M
[tahrirlash]Q
[tahrirlash]U
[tahrirlash]Y
[tahrirlash]- Yoshlik oʻtib borayotganini hech kim sezmaydi, ammo uning oʻtib ketganini hamma his qiladi[14].
- Yoʻlini bilgan odamga keksalik ham xuzur-halovat ogʻushidir[13].
Oʻ
[tahrirlash]- Oʻlim daxshatidan oʻlish ahmoqlikdir[15].
- Oʻzgalarga biron narsa deyishdan avval, oʻzingga aytib koʻr[16].
Sh
[tahrirlash]- Shunday odamlar borki, ular suvga tushgan xasdek hech bir maqsadsiz dunyodan oʻtib ketadilar; ular suzishmaydi, oqim ularni olib yuradi[17].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Voronsov 1989, s. 28.
- ↑ Voronsov 1989, s. 345.
- ↑ 3,0 3,1 Voronsov 1989, s. 252.
- ↑ Voronsov 1989, s. 42.
- ↑ Voronsov 1989, s. 381.
- ↑ Voronsov 1989, s. 99.
- ↑ Voronsov 1989, s. 377.
- ↑ Voronsov 1989, s. 253.
- ↑ Voronsov 1989, s. 190.
- ↑ Voronsov 1989, s. 136.
- ↑ Voronsov 1989, s. 375.
- ↑ Voronsov 1989, s. 251.
- ↑ 13,0 13,1 Voronsov 1989, s. 25.
- ↑ Voronsov 1989, s. 429.
- ↑ Voronsov 1989, s. 435.
- ↑ Voronsov 1989, s. 174.
- ↑ Voronsov 1989, s. 97.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani, Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.