Kontent qismiga oʻtish

Seneka Lutsiy Anney

Vikiiqtibosdan olingan
Seneka Lutsiy Anney

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 0 до н. э.
Corduba
Vafoti 12-aprel 65
Rim
Qardosh loyihalar

Lutsiy Anney Seneca (tax. mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati haqida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiy-diniy qoʻllanma deb bilgan.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  • Begunohni jazolash — sudyalarning oʻzini jazolash degan soʻz[3].
  • Birovga yaxshilik qilgan kishi oʻziga yaxshilik qilgan boʻladi, yaxshilikdan yaxshilik kutib emas, yaxshilik uchun yaxshilik qilish kerak, chunki bundan odam bitmas-tuganmas huzur oladi[4].

Faqat oʻzini oʻylaydigan, hamma narsadan oʻziga manfaat izlaydigan odam baxtli boʻlolmaydi. Oʻzing uchun yashamoqni istasang, boshqalar uchun yasha[5]

lotincha: Nec potest quisquam beate degere, qui se tantum intuetur, qui omnia ad utilitates suas convertit; alteri vivas oportet, si vis tibi vivere.

  • Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning yelkaniga hech bir shamol duch kelmaydi[6].
  • Ichkilik ichish zahar ichish kabi zararlidir[7].
  • Jinoyatchilarga shafqat koʻrsata turib, halol odamlarga zarar yetkazadilar[8].
  • Kimki har ikki tomonni tinglamay turib hukm chiqarsa, bu hukmi qanchalik odil boʻlmasin, baribir nohaqdir[3].
  • Kitoblar soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi[9].
  • Koʻp befoyda narsalarni oʻrganganingdan koʻra — senga doimo xizmat qiladigan besh-oʻnta yaxshi oʻgitni bilganing maʼqulroq[10].
  • Qonun loʻnda boʻlishi kerak, toki uni omi odamlar ham yodda tutsinlar[12].
  • Uzoq yashaganini faqat yoshga qarab baholaydigan qariyadan nochor odam yoʻq[13].
  • Yoshlik oʻtib borayotganini hech kim sezmaydi, ammo uning oʻtib ketganini hamma his qiladi[14].
  • Yoʻlini bilgan odamga keksalik ham xuzur-halovat ogʻushidir[13].
  • Shunday odamlar borki, ular suvga tushgan xasdek hech bir maqsadsiz dunyodan oʻtib ketadilar; ular suzishmaydi, oqim ularni olib yuradi[17].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Voronsov 1989, s. 28.
  2. ↑ Voronsov 1989, s. 345.
  3. ↑ 3,0 3,1 Voronsov 1989, s. 252.
  4. ↑ Voronsov 1989, s. 42.
  5. ↑ Voronsov 1989, s. 381.
  6. ↑ Voronsov 1989, s. 99.
  7. ↑ Voronsov 1989, s. 377.
  8. ↑ Voronsov 1989, s. 253.
  9. ↑ Voronsov 1989, s. 190.
  10. ↑ Voronsov 1989, s. 136.
  11. ↑ Voronsov 1989, s. 375.
  12. ↑ Voronsov 1989, s. 251.
  13. ↑ 13,0 13,1 Voronsov 1989, s. 25.
  14. ↑ Voronsov 1989, s. 429.
  15. ↑ Voronsov 1989, s. 435.
  16. ↑ Voronsov 1989, s. 174.
  17. ↑ Voronsov 1989, s. 97.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 

Havolalar

[tahrirlash]