Kontent qismiga oʻtish

Shahvat

Vikiiqtibosdan olingan
Shahvat

Qardosh loyihalar

Shahvat — shahvoniy hirs, hissiyot.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar odamlarga shahvatlarini tartibsiz ravishda, xohlagan yoʻl bilan qondiraverishlariga ijozat berilsa, tezda insoniyat va uning madaniyati, maʼnaviyati halokatga uchraydi[1].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asaridan. Oʻn birinchi gurung: Jondan ham qimmatli. 312-bet

Agar inson oilaviy hayotning masʼuliyati, ogʻirliklari va mashaqqatlarini boʻyniga olmasdan, faqat shahvatini qondirishga harakat qiladigan boʻlsa, undan hech qachon bola tarbiyalashda, oila va jamiyatda biror foydali ishni kutib boʻlmaydi[2].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“ asaridan. Oʻn birinchi gurung: Jondan ham qimmatli. 312–313-betlar

Ibodatning kaliti fikrdadir. Istaklarning alomati shahvatlar ketidan quvishdadir. Allohga tavakkulning (suyanish) alomati esa istaklardan voz kechishdir[3].

Kim shaytonning zulmidan va vasvasasidan qochmoqchi boʻlsa shahvatiga hokim boʻlsin[4].

Shahvati dinidan oldin yurgan inson komil boʻla olmaydi[5].

Oʻzing va shahvatlaring oʻrtasiga temir devor qurmas ekansan, ibodatdan halovat topa olmaysan[3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Malik 2019, ss. 312.
  2. Malik 2019, ss. 312–313.
  3. 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 94.
  4. Tursun 2006, s. 183.
  5. Tursun 2006, s. 182.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.