Shams Tabriziy
Qiyofa
(Shamsiddin Muhammaddan yoʻnaltirildi)
| Shams Tabrizi | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
1185 Tabriz |
| Vafoti |
1248 Xoy |
| Qardosh loyihalar | |
Shams Tabriziy, Shamsiddin Muhammad (1185-yil – 1248-yil) – fors sofiy shoiri.
B
[tahrirlash]- Baʼzan ortingga qarab qoʻy: shunda qaerdan kelganingni unutmaysan.
- Baʼzan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Baʼzan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Baʼzan yigʻlamoq kerak, ochilmoq uchun. Baʼzan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.
- Bu hayotda har kim boʻlishing mumkin, ammo eng muhimi INSON boʻlmogʻingdir.
D
[tahrirlash]- Doʻst degani gulday boʻlmogʻi kerak: ham yaprogʻi, ham tikani bilan.
G
[tahrirlash]- Goʻzal gulni, osuda kechani, durust doʻstni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, doʻstni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.
H
[tahrirlash]- Hammasi qalbingga bogʻliq: qalbingni oʻzgartir, dunyoying ham oʻzgarsin.
- Har narsaning meʼyori yaxshi. Odobning esa ortigʻi.
- Huzun ishqni aynishdan asraydi.
I
[tahrirlash]- Ilmsiz jasad suvsiz shaharga oʻxshaydi[1].
- Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan.
K
[tahrirlash]- Koʻlmak yelvizakda ham chayqalaveradi. Ummonlarning toʻlqini muhabbatning mahobatidandir. Angladimki, teran va asrorangiz boʻlgan narsalar sokin boʻladi. Angladimki, sokin boʻlgan nasalar teran va haybatli boʻladi.
O
[tahrirlash]- Odamlar sharob ichib sarxush boʻladi. Ishq ahli esa ichmay turib mast boʻladi.
- Oldin ishqni anglaylik...
- Olim eding, orif boʻlding. Endi oshiq boʻlishga majoling bormi?
- Oshiqlarga uyqu haromdir.
Q
[tahrirlash]- Qalb eshigimizni qoqqanlarga qalbimizni ochdik...
- Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.
S
[tahrirlash]- Senda undan ham bor, bundan ham bor. Falon bormi dedilar, bor. Fismadon bormi dedilar, bor. Yaxshi, SENda SENdan nima bor, Mavlono?!
- Sevishni qalb buyurdimi yoki yolgʻizlik? Rosti, sevgi deganlari nima oʻzi? Bir shamni tutatmoqmi yoxud yonayotgan otashga teginmoqmi?
- Sevmaganga chumoli ham yuk, sevganga fillar ham chumolidek gap. Agar inson oshiq boʻlsa va ishonsa togʻni ham yelkasida tashiy oladi.
- Soʻzlar haqiqat emas, bor yoʻgʻi ogʻizdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.
Y
[tahrirlash]- Yaramdan ham mamnunman, yorimdan ham.
- Yetarki, sen boʻl! Xoh yor boʻl, xoh yara. Lutfing ham boshim ustida, qahring ham...
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 20.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.