Shaqiq Balxiy
Qiyofa
(Shaqiq ibn Ibrohimdan yoʻnaltirildi)
| Shaqiq Balxiy | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | Balx |
| Vafoti |
810 Xatlon |
| Qardosh loyihalar | |
Shaqiq Balxiy (arabcha: شقيق البلخي; ? – vafoti 810-yil; hijriy 194-yil) – Xuroson maktabining ilk soʻfiy avliyolaridan biri.
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Allohning eng qudratli zot ekanligini bilib yetmagan Uni hech qachon tanimaydi. Uning qudratli ekanini qanday biladi? Uning qudrati shundaki, istaganidan olib, istaganiga beradi. Hech nimasi yoʻgʻiga oʻzidan beradi[1].
- Banda uchun gʻam va xavfdan yaxshiroq doʻst yoʻqdir. Gʻam oʻtgan gunohlar uchun, xavf qachon tushishi nomaʼlum boʻlgan gunohlar uchundir[2].
- Boylardan chetda yur! Chunki qalbingni ularga bogʻlasang, ular bilan hamtovoq boʻlsang, ular itoatiga tushib qolib, Robbingdan yuz oʻgirasan![3]
- Dunyoga intilib oʻlishlikdan saqlan! Xotirjam boʻlgin, senga yozilgan rizq sendan oʻzgaga berilmas[3].
- Ey qavm! Oʻlik boʻlsangiz – qabrga, telba boʻlsangiz – jinnixonaga, bola boʻlsangiz – maktabga boring! Ammo Allohning bandasi boʻlsangiz, bandalik shartlarini ado eting![4][5]
- Faqirlik peshonasiga yozilgan inson shundayki, boylikdan qoʻrqadi, kambagʻallikdan panoh qidiradi[6].
- Igna bilan togʻni qazmoq kibrni koʻngillardan chiqarmoqdan osondir[7].
- Insonning taqvosi uch narsada bilinadi: olishida, berishida va soʻzida[8].
- Kimning qalbida uch narsa — halollik, qoʻrquv va iztirob boʻlmas ekan, doʻzax azobidan qutulmaydi[9].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 38.
- ↑ Tursun 2006, s. 34.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 82.
- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Tursun 2006, s. 25.
- ↑ Tursun 2006, s. 94.
- ↑ Tursun 2006, s. 157.
- ↑ Tursun 2006, s. 56.
- ↑ Tursun 2006, s. 55.
- ↑ Tursun 2006, s. 83.
- ↑ Tursun 2006, s. 120.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.