Shavkat Mirziyoyev

Mashhur iqtiboslari[ред.]
2016-yil[ред.]
2017-yil[ред.]
2018-yil[ред.]
"Uchta muovinni ishdan olib tashladim SNBning muovinlarini. Kecha mana ikkitasiga qo‘l qo‘ydim. Sizlarda ham bittasi ishlagan Toshpo‘latov degan¸ u ham it o‘g‘ri. Bilasizlarmi¸ men halol xalqqa xizmat qilishga kelganman. Bu yerda men noinsoflarni bilaman. Yerga qarab yurganlarning qanday o‘g‘riligini. Hali hammasi joy – joyiga tushadi shuni bilinglar. Hokimni to‘rtta vakili¸ mening vakilim. Qo‘rqmang hech qaysing. U zamon tugadi endi. Bularga ota-buvasidan qolgan vakolat yo‘q. Hech kimmas bular. Bularni g‘o‘dayishlari bizning davlatga juda og‘ir tushdi. Sizlarda ishlab ketgan bitta noinsof vatan hiyonatchisi bo‘lib mana butun umr qamoqqa tushdi. G‘ulomov degan noinsof. O‘shaning ildizlari bor bu yerda haliyam bor. Shuning uchun bularning ildizlarini Toshkentda o‘rganib kelib hammasini ishdan oldim. Mana men bugun Boysun Milliy Xavfsizlik idorasining kattasi mayor Eshquvvatov Sunnatillo Ravshanovich degan g‘o‘daygan itni ishdan oldirdim. Nimaga desangiz Milliy Xavfsizlik o‘zini joyini bilsin¸ o‘zini ishi bilan shug‘ullansin. Milliy xavfsizlik butun Surxondaryoni o‘ldirgan. Ikkita-uchta sotqinlar¸ davlat sotqinlari bu yerda ishlab hamma yerni o‘ldirgan. Shuning uchun men hammasidan o‘zim habardorman. Mana qaror qabul qildim. Angor tuman MXX rahbari Abdumo‘minov Bahromni ishdan olish haqida. Adliya kapitani¸ tergov bo‘limi boshlig‘i Berdimuhammedovni ishdan oldim. Hammasi bular Surxondaryoni bir paytlar ot o‘yin qilib tashlagan. Hamma tizimga arlashgan. Moy zavodi ularniki edi¸ o‘zimam bilardim buni. Don kombinati va boshqa butun tirik tashkilotlarni bu noinsoflar kirib harom qilib tashlagan ana shu oldingi sotqinlar. Bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi ertaga borib uni ham ishdan olaman. Shuning uchun mana polkovnik Haydarov. Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari. VMSGP deb yozadi¸ aslida bularni hammasi sotqin. Mana¸ men bugun hammasini ishdan oldim. Sizlar boshqa hayotda yashaysizlar¸ oyog‘ing yerdan uzilgan. Hammang majlisga kelib o‘tirasan. Tuman majlisi bo‘lsa ham bir yerini pisib majlisga kelib o‘tirsin. Bo‘lmasa tarqatib yuboraman sizlarni¸ yopib tashlayman. Menga bunday xizmat kerak emas. Hammang poraxo‘rlik qilib hamma yerni sharmanda qilib yuribsan. Ponyatno Yusupov. Gospodin? Milliy xavfsizlik bizga kerak¸ adolatli halol pok odamlar kerak bizga. Bizga hokimni va boshqa davlat organlarini orqasidan poylaydigan xizmat kerak emas. Bo‘ldi u zamon tugadi! Qo‘ldan kelmasa vallomatini ham ishdan olaman. Mana shuni bilinglar hammalaring. Davlat davlatchiligini qiladi. Hamma o‘z ishi bilan shug‘ullansin. Ularga bunday huquqni bergan bo‘lsa oldingi rahbarlar. Endi undaqa rahbarlar yo‘q. Pogonni kim bergan bu noinsoflarga? Xalq bergan".
2019-yil[ред.]
„27 yilda Farg‘onada bitta yangi korxona paydo bo‘lgani yo‘q. O‘sha eski FNPZni shunday tagi bilan metallolomga tashlasak, bizga foyda bo‘ladi. Bunda chiqayotgan mahsulot bir tiyinga qimmat. Agar bu zo‘r ishlaganda… bu mahsulotni o‘sha oldingi bu yerdagi, kechirasizlaru qo‘pol bo‘lsayam, kalamushlar egallab olmaganda edi… Bu zavodni dabdala qilib ketgan o‘sha FARG‘ONALIK KELINLAR. (!) Qo‘pol bo‘lsayam. Hammalaring tushunyapsizlar kim to‘g‘risida aytganimni. Men o‘zimga so‘z berganman, bir og‘iz ham buyuk insonlarga nom keltirmaslikka. Nimaga desangiz, Sharof Rashidovichning hayoti men uchun juda katta o‘rnak bo‘lgan. O‘zimizni o‘zimiz ko‘mganmiz bir paytlar. Men bundan yiroqman, hech qachon bu narsa bo‘lmaydi. Lekin u kalamushlar qilgan Farg‘onani. Egallagan, hamma narsani dabdala qilgan. Buyam haqiqat! Shu Farg‘ona FNPZni ham ular egallagan edi. Men Bosh vazir bo‘lib aralashmaganman. Aralashganimda bu yerda o‘tira olmasdim. Xiyonat qilgan xalqqa nisbatan ular hammasi bir bo‘lib. To‘da bo‘lib, to‘da bo‘lib xiyonat qilgan. Bironta deputat ham, bironta… aytolmasdik. Nimaga desangiz, aytish mumkin emasdi. Uniyam bugun aytishim kerak. Birovga yoqadimi, yoqmaydimi vijdonimning oldida tozaman. To‘da o‘g‘irlagan Farg‘ona viloyatini. Kim to‘g‘risida aytganimni men hammalaring bilasizlar. U zamon tugadi endi“.[1]
„Bu nima degan gap? Mansab bersa, darrov oʻzgarib qoladi. Viloyat prokurorlaridan 100 ming, 50 ming dollarlab olinadi. Prokuratura va soliq tizimidagilarning hammasi poraxoʻr. Men buni yaxshi bilaman. Men Murodovga ishonch bildirgandim. Prokuraturada korrupsiya boʻlaveradigan boʻlsa, men qanday qilib investorlarni jalb qilaman? Investor deputat yoki hukumat odamidan emas, tadbirkordan soʻraydi davlatdagi holat haqida. Tadbirkor nima deydi? Prokuror ham, vazir ham pul oladi deydi-da! Sobiq rahbarlarning hammasi, u Abdullayev boʻladimi boshqasimi, katta muddat bilan ketadi“[2]
2020-yil[ред.]
2021-yil[ред.]
— “Hurmatli Prezident, hozir banklar va rahbarlarga bergan topshiriqlaringizdan o‘zimni voobshe yo‘qotib qo‘ydim”
— “Voobshe yo‘qotma o‘zingni! Voobshe”.
2022-yil[ред.]
2023-yil[ред.]
«Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men o‘zim ham ko‘rib turibman, xalqimiz ham ko‘rib turibdi. 120 ta mahallada elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘ldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana shunday muammolar bo‘ldi. Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi yettita yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamalarga bardosh berolmay ishdan chiqdi. Nega poytaxtda shunday bo‘ldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Shuncha gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti. Qish mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahri hokimi Ortiqxo‘jayevni kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolg‘on «svodka» bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun uni ishdan oldim»