Shaytanat
| Shaytanat | |
|---|---|
| Qardosh loyihalar | |
Shaytanat — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub 5 kitobdan iborat qissa.
Iqtiboslar
[tahrirlash]— Asadbek: Men doʻzaxda kuyishimni bilaman, ammo mendan oldin oʻsha sovet hokimiyati kuysin.
— Muhiddin ota: Nega?
— Asadbek: Agar otamni begunoh olib ketishmaganida, uni oʻldirishmaganida — onam oʻlmas edi, ukam oʻlmas edi, men esa bu koʻchaga kirmas edim
— Muhiddin ota: Otasi otilganlarning barchasi ham bu koʻchaga kirgan emasku...[1]
— Jalil: Yoshlikda odatlansang, qariguncha koʻnikasan. Qariganda odatlansang, koʻnikkuncha koʻmilasan.
— Asadbek: Pulni nima qilasan, mashina olasanmi?
— Haydar: Yoʻq, otamni topib, uni boqaman.
— Asadbek: Nega?
— Haydar: U bizni boqolmay tashlab ketgan ekan. Erkak kishining bunday qilishi — nomardlik. Nomardlik jazosiz qolmasligi kerak. Men uni boqib jazolayman. Har tishlam nonni tishlaganda meni tashlab ketganidan uyaladi, afsuslanadi. Afsuslanib, afsuslanib, yuragi siqilib qiynaladi. Qiynalib-qiynalib, oxiri oʻladi...
- Dengiz ichra charx uruvchi girdobni,
Qaydan bilsin qirgʻoqdagi maysalar. - Men qarshimda musht koʻtarib kelayotgan dushmanimdan emas, ortimda qoʻl qovushtirib turgan doʻstimdan qoʻrqaman, chunki koʻnglimning sirlari uning qoʻlida.
- Ulugʻlaylik, doʻstlarni deb jonni bergan erlarni,
Qadrlaylik yaxshilikka buloq boʻlgan dillarni. - — Axir, u pul olmaydigan eshak-ku.
— Agar u pul olmaydigan eshak boʻlsa, sen berolmaydigan molsan. Bu dunyoda olmaydiganlar qolmagan. - Chinakam erkak boʻlish uchun oʻgʻil bola boʻlib tugʻilish kifoya emas.
- Dunyo shaytonning doʻkonidir, undan biror nima oʻgʻirlamaki, shayton uni qaytarib olishga kelib dodingni bermasin.