Kontent qismiga oʻtish

Shukr

Vikiiqtibosdan olingan
(Shukronadan yoʻnaltirildi)
Shukr

Qardosh loyihalar

Shukr (arabcha: شكر‎), shukur – arabcha soʻz boʻlib, insonlarning minnatdorchilik, shukronalik yoki eʼtirofini ifodalaydi va Islomda yuksak qadrlanadigan fazilat hisoblanadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Alloh bergan neʼmatlarni Uning yoʻlida sarflash — shukr, Alloh sevmagan yerga sarflash esa kufroni neʼmatdir[1].

  Abu Homid Gʻazzoliy
  •  

Haloyiq ikki ishdan halokatga yuz tutar: birinchisi — maxluqotning hurmatini saqlamaslikdan, ikkinchisi — Alloh bergan neʼmatning shukronasini bilmaganidan[2].

  Bistomiy
  •  

Kim Allohdan qoʻrqsa, Alloh uni saqlaydi. Kim Allohga tavakkal qilsa, Alloh unga kifoyadir. Kim Allohga shukr etsa, U unga ziyoda qiladi. Kim Allohga qarz bersa, unga ajrini ato etadi[3].

  Umar ibn Xattob
  •  

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi oʻn xislatdan iboratdir: saxovat va hayo, rostgoʻylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr[4].

  Ali ibn Abu Tolib
  •  

Neʼmatga shukr etish oʻsha neʼmatning oʻzidan ham yaxshiroqdir[5].

  Jaloliddin Rumiy
  •  

Tavbangning toʻgʻri boʻlishi gunohingni bilish bilan, amalingning toʻgʻri boʻlishi magʻrurlikdan voz kechishing bilan, shukringning toʻgʻri boʻlishi kamchiligingni bilishing bilandir[6].

  Umar ibn Xattob

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 27.
  2. Tursun 2006, s. 87.
  3. Tursun 2006, s. 49.
  4. Tursun 2006, s. 122.
  5. Tursun 2006, s. 25.
  6. Tursun 2006, s. 155.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.