Kontent qismiga oʻtish

Shulamit Aloni

Vikiiqtibosdan olingan
Shulamit Aloni

Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1928-yil 29-dekabr
Tel-Aviv
Vafoti 2014-yil 24-yanvar
Tel-aviv
Qardosh loyihalar


Shulamit Aloni (ivritcha: שולמית אלוני; 1928-yil 29-dekabr – 2014-yil 24-yanvar) – isroillik siyosatchi, huquqshunos va jurnalist boʻlgan. Shulamit Ratz partiyasiga asos solgan, Meretz partiyasiga rahbarlik qilgan, 1988-yildan 1990-yilgacha muxolifat yetakchisi boʻlgan va 1992-yildan 1993-yilgacha taʼlim vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yilda u Isroil mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, inson huquqlari va ayollar huquqlariga bagʻishlangan radio dasturini olib borgan hamda bir necha gazetalar bilan hamkorlik qilgan.

Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Men Polshada tugʻilgan ota-onamning ravvinlarga qarshi chiqib, Isroilga koʻchib kelish haqidagi qarori tufayli mavjudman[1].
  • Biz Isroilni jahon yahudiylari uchun sinov boʻladigan davlatga aylantirishimiz kerak, Vatikan emas. Menimcha, biz Isroilning getto va ortodoks teokratik davlatga aylanishini istamaymiz. Isroilliklarning aksariyati bunday turmush tarzini rad etadi. Bizda huquqlar toʻgʻrisidagi bill boʻlishi kerak va biz isroillik ayolni diniy qonun kishanlaridan ozod etishimiz zarur[2].
  • Oʻsha ajoyib va hayajonli kunda Isroil davlati barcha fuqarolariga din, irq va jinsidan qatʼi nazar, toʻliq ijtimoiy va siyosiy teng huquqlarni kafolatlaydigan demokratik davlat sifatida eʼlon qilingan edi. Bularning barchasi Isroil davlati barpo etilgani haqidagi deklaratsiyada mujassam, bu deklaratsiya yosh davlat va oʻz ozodligi hamda suvereniteti uchun kurashgan xalqning asosiy hujjatidir[3].
  • Bu bir hiyla, biz bundan doim foydalanamiz. Yevropadan kimdir Isroilni tanqid qilsa, biz Holokostni tilga olamiz. Bu mamlakatda [AQShda] odamlar Isroilni tanqid qilsa, ularni „antisemit“ deb ataymiz. Tashkilot esa kuchli va juda koʻp pulga ega, Isroil bilan Amerika yahudiy doiralari oʻrtasidagi aloqalar ham juda mustahkam va ular bu mamlakatda kuchga ega. Oʻzingiz bilasiz, ularda hokimiyat bor, mayli, ular isteʼdodli insonlar, ularda hokimiyat, pul, ommaviy axborot vositalari va boshqa koʻp narsa bor. Ularning yondashuvi esa: „Isroil mening mamlakatim, u haq boʻladimi, yoʻqmi baribir“. Ular tanqidni eshitishga tayyor emas va Isroil hukumatining ayrim harakatlarini tanqid qilganlarni antisemit deb ayblash, Holokost va yahudiy xalqining azobini tilga olish juda oson. Va shu yoʻl bilan falastinliklarga qilayotgan barcha ishlarimiz oqlanadi[4].

Shulamit Aloni haqidagi iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Shas, ular shunchaki siyosiy gangsterlar. Muammo shundaki, siyosatchilar, Shulamit Aloni, Yossi Sarid, ularning barchasining chetdan qoʻshimcha qulay ishlari bor. Ular saylovchilar, fuqarolar manfaatini ifodalash uchun chinakam mas’uliyat sezmaydi[5].
  • Bilasizmi, yahudiy terror guruhlari qoʻlga olinib, ayblov eʼlon qilinishidan bir oy oldin men „Messiah or Knesset“ degan maqola chop etgandim va unda shunday tashkilotlar mavjudligini oldindan aytgan edim. Shulamit Aloni uni Knessetda ovoz chiqarib oʻqib bergan. "Agar yozuvchi buni oldindan koʻra olgan boʻlsa, " degan edi u, „nega hokimiyat organlari buni koʻra olmadi?“[6].
  • (Leyboristlar partiyasida) biz „menimcha“ degan iborani bilmaymiz, biz faqat „biz nima deb oʻylaymiz“ni bilamiz[7].

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Manbalar

[tahrirlash]
  1. Manba
  2. Special Interview Aloni Warns That Israel Might ‘turn into a Ghetto with an Army’ Unless Major Chang, 1980-yil 8-may
  3. A citizenship in Israel: The vision and its aftermath, 2010-yil 26-dekabr
  4. YouTubedagi video, antisemitizm mavzusidagi chiqishidan
  5. Yehuda Amichai, 1984-yilgi intervyu, We Are All Close: Conversations with Israeli Writers, Haim Chertok, 1989
  6. Shulamith Hareven, 1985-yilgi intervyu, We Are All Close: Conversations with Israeli Writers, Haim Chertok, 1989
  7. Golda Meir, „Shulamit Aloni December 28, 1927–January 24, 2014“, 2021-yil 23-iyun