Soʻz
| Soʻz | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Soʻz – tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi.
A
[tahrirlash]Aqlli odamning soʻzi jonga oziq,
Aqlsiz odamning soʻzi jonga qoziq[2].
Aytur soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt![4].
Azizim, tinchlik tarafdori boʻlgan til bir ogʻiz soʻz bilan yuzlab mushkul tugunni yecha oladi, bemahal yeyilgan fitna qoʻzgʻatuvchi soʻz esa soʻzlovchining boʻynini sirtmoqqa tushiradi. Chunonchi aytadilar:
Aqling bilan tagiga boqqin,
Foyda-yu ziyonga toʻla boylik u![5].
Azizim, oʻylab aytilmagan soʻz hali qayta ishlanib tozalanmagan oltinga oʻxshaydi. Sen soʻz aytishdan avval yaxshilab oʻyla, fikr boyligini imtihon mahali bilan sina, qaysi soʻz tekshiruvdan yaxshi oʻtsa oʻshani tilga keltir!
Bayt:
Har soʻzki yaxshilab oʻylangan emas,
Aytishu yozishga aslo arzimas![6]
B
[tahrirlash]Beodoblik faqat qilmishda emas, soʻzda ham boʻladi[8].
G
[tahrirlash]Gunohsiz kishi soʻzga botir boʻlur[9].
H
[tahrirlash]Haqiqatdan ham soʻzning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir[10].
Har bir kishining soʻzi aqliga yarasha boʻladi.
Har bir soʻzning oʻz oʻrni bor, har bir ishning oʻz mavridi.
I
[tahrirlash]Ikki narsa foydasiz: hikmatsiz soʻz va tafakkursiz sukut[12].
J
[tahrirlash]K
[tahrirlash]M
[tahrirlash]O
[tahrirlash]Oltin va kumushning qadriga zargar yetgani kabi soʻz javharini ham faqat soʻz ustalari anglaydilar. Yerga tushgan bir gulni hayvon ogʻziga olib chaynaydi, qadriga yetmaydiganlar bosib-yanchib oʻtadi. Yana shundaylar borki, uni olib hidlaydilar, bahramand boʻladilar[13].
Q
[tahrirlash]S
[tahrirlash]Sidqu safo tula „Guliston“ aro,
Saʼdiy goʻzal soʻzni aytmish mutlaqo:
„Soʻzni oʻylamasdan gapirma har dam,
Yaxshi soʻz kechikib aytilsa ne gʻam?“[18]
Soʻz borki, togʻga koʻtaradi, soʻz borki, gʻorga itaradi[20].
Soʻzda kerak maʼnoyu maʼnida zavq,
Soʻzlaguvchida soʻz uchun dardu shavq[21].
Soʻziga boqma, koʻziga boq,
Oʻziga boqma, soʻziga boq[12].
Soʻzlovchi kishi badxulq boʻlsa-da, baʻzan uning soʻzlariga diqqat qil, goho yomon ogʻizdan ham yaxshi soʻz chiqib qoladi[23].
Soʻzning aytuvchisiga qarama, aytgan soʻziga qara[23].
Soʻz qattigʻi el koʻngliga ozor aylar,
Yumshogʻi koʻngillarni giriftor aylar[24].
T
[tahrirlash]Til keskir qilich, soʻz esa qaytarib boʻlmas oʻqdir.
Oʻ
[tahrirlash]Oʻz yerida aytilmagan soʻz hech kim yoʻq yerda chalingan kuyga oʻxshaydi.
Sh
[tahrirlash]Shirin soʻz odamlarning qalbini bogʻlovchi zanjirdir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Tursun 2006, s. 150.
- ↑ 2,0 2,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 116.
- ↑ 3,0 3,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 61.
- ↑ 4,0 4,1 Tursun 2006, s. 148.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 186.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 203.
- ↑ Tursun 2006, s. 67.
- ↑ Voronsov 1989, s. 402.
- ↑ Tursun 2006, s. 146.
- ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 144.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 122.
- ↑ 12,0 12,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 112.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 Tursun 2006, s. 143.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 208.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 200.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 19.
- ↑ Tursun 2006, s. 69.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 202.
- ↑ Tursun 2006, s. 33.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 113.
- ↑ Hamidjon Xomidiy & Mahmud Hasaniy, s. 111.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 118.
- ↑ 23,0 23,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 111.
- ↑ Tursun 2006, s. 141.
- ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 95.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (
PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. - Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.
- Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (
PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.