Kontent qismiga oʻtish

Gaplashish

Vikiiqtibosdan olingan
(Soʻzlashishdan yoʻnaltirildi)
Gaplashish
Qardosh loyihalar

Gaplashish, soʻzlashish, soʻzlashuv — bu odatan suhbat jarayonida boshqa bir kishi bilan nutq almashinish jarayoni.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Bobolarimiz: „Soʻzlaganing kumush boʻlsa, tek turganing oltindir“, deyishgan. Buning maʼnosi shuki, oʻrinsiz, maʼnosiz soʻzlagandan koʻra jim turganing yaxshiroqdir[1].

Koʻp ortiqcha soʻzlashuv eshituvchini ranjitadi[2].

Ogʻizga kelganni soʻzlashning oxiri voy![3]

Riyozat qilichlarini sugʻurib, nafsing bilan mujodala qil. Riyozat toʻrt yoʻl bilan boʻladi: oz yemoq, oz uxlamoq, oz gaplashmoq, barcha jonlidan kelgan iztiroblarga chidamoq[4].

Soʻzlagan vaqtimda ogʻzimdan beixtiyor yaramas, boʻlmagʻur soʻzlar ham chiqishi mumkin. Dushman esa ogʻzimdan chiqqan yomon soʻzlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan boʻlakka tushmaydi[5].

Yaxshi soʻzla, ammo mahmadona boʻlma! Ezmalik kaltabinlikdir[3].

— Qobus

Oʻzgalarga biron narsa deyishdan avval, oʻzingga aytib koʻr[6].

— Seneka

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 141.
  2. ↑ Tursun 2006, s. 145.
  3. ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 143.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 87.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 173.
  6. ↑ Voronsov 1989, s. 174.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.