Kontent qismiga oʻtish

Sotsializm

Vikiiqtibosdan olingan
(Sotsialistlardan yoʻnaltirildi)
Sotsializm

Qardosh loyihalar

Sotsializm (lotincha: socialis — „ijtimoiy“) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Agar sotsializm burjuaziya madaniyati, kapitalizm madaniyati yaratgan texnikadan, madaniyatdan, apparatdan foydalanishni oʻrganmaganida u yuzaga chiqmagan boʻlur edi[1].

  Vladimir Lenin
  •  

Kapitalizm qoldirgan barcha madaniyatni qabul qilib olish va unga asoslanib sotsializm qurish lozim. Barcha fan, barcha texnika, barcha bilim, sanʼatni qabul qilib olish lozim. Bularsiz biz kommunistik jamiyat hayotini qurolmaymiz[1].

  Vladimir Lenin
  •  

Sotsializm — bu kishi shaxsining yangi huquqlarni qoʻlga kiritishi demakdir[2].

  Palmiro Tolyatti
  •  

Sotsializm — fan va madaniyat jamiyatidir. Sotsialistik jamiyatning munosib aʼzosi boʻlish uchun koʻp va yaxshi oʻqish kerak, koʻp bilish kerak[3].

  Mixail Kalinin
  •  

Sotsializm shaxsni barbod qilmaydi, aksincha, sotsializm shaxs kamoloti boʻlishi kerak va shaxs kamolotining oʻzidir[2].

  Anri Barbyus
  •  

SSSRda sotsializm gʻalabasi butun dunyoda sotsializm gʻalabasining muqarrarligini koʻrsatadi[4].

  Vilgelm Pik

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Voronsov 1989, s. 5.
  2. 2,0 2,1 Voronsov 1989, s. 32.
  3. Voronsov 1989, s. 34.
  4. Voronsov 1989, s. 13.

Adabiyotlar

[tahrirlash]