Kontent qismiga oʻtish

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

Vikiiqtibosdan olingan
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

Qardosh loyihalar

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan davlat.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

...Bizning Sovet sotsialistik respublikamiz xalqaro sotsializm mashʼali sifatida, barcha mehnatkash ommaga namuna sifatida metindek mustahkam turadi[1].

Butun dunyo mazlumlarining ezgu orzu-armonlarini qamraydigan va qoniqtiradigan yangi jamiyat shakli sifatida bunyod boʻlgan Sovetlar keng rus xalqi ommasining xilma-xil talablariga javob bora borib, oʻz barhayotligini isbot etdi[1].

Moʻjizalar diyori, moʻjizalar diyori. Bu soʻzlar bolalikning sehrli ertaklaridan bizning zaminga, moʻjizadan-moʻjiza sari borayotgan va biz yashayotgan Sovetlar diyoriga tashrif buyurdi[2].

Sovet Ittifoqi butun dunyo xalqlarining eng otashin umidi samarasidir, u orzularimizning jonli timsoli, sotsial taraqqiyotning eng qudratli namunasidir[3].

Sovet Ittifoqi kishilik jamiyatini ancha ilgari surdi va yorqin bir mashʼala yoqdiki, uni oʻchirish mumkin emas. U yangi sivilizatsiyaga poydevor qurdi, unga butun dunyo intilishi mumkin[4].

Sovet Ittifoqi sotsial taraqqiyotning eng qudratli garovi hisoblanadi, insoniyat baxti uning himoyasi ostidadir[5].

Sovet Ittifoqi oʻzining mislsiz qurilishi, oʻzining qahramonona xaloskorligi, oʻzining gʻoyat koʻlamli tajribasi bilan koʻpgina xalqlar va koʻpgina odamlarning hayotini nurafshon etdi[3].

Sovet respublikasi qashshoqlikda tugʻildi. Yengilmas bu respublika barcha adolatsiz va zulmkor hukumatlarga halokat dahshatini soluvchi yangi ruh dargʻasi sifatida maydonga chiqdi[4].

SSSRda sotsializm gʻalabasi butun dunyoda sotsializm gʻalabasining muqarrarligini koʻrsatadi[6].

Oʻz erki, oʻz mustaqilligi, oʻz baxtini yaratish uchun odamlar qay yerdaki kurash olib bormasinlar — hamma joyda Sovet Ittifoqining ulugʻ timsoli ular bilan yonma-yon turadi[6].

Chor imperiyasi vayronasi ustida barpo boʻlayotgan ulugʻ davlatning sanoat sohasidagi va sotsial sohadagi yutuqlari shu qadar ulkanki, butun dunyoda boʻlayotgan hodisalarning birortasi ham menda bunchalik chuqur taassurot qoldirmagan[1].

— A. J. Kammings

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 Voronsov 1989, s. 15.
  2. ↑ Voronsov 1989, s. 16.
  3. ↑ 3,0 3,1 Voronsov 1989, s. 12.
  4. ↑ 4,0 4,1 Voronsov 1989, s. 14.
  5. ↑ Voronsov 1989, ss. 13–14.
  6. ↑ 6,0 6,1 Voronsov 1989, s. 13.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X.