Sovgʻa
Qardosh loyihalar
Sovgʻa , hadya , tuhfa , inʼom — kimsaning koʻnglini olish yoki xizmatlarini taqdirlash uchun tortiq qilib berilgan narsa.
Doʻstlar uchun ajab yoqimli xislat, Bir-birin hadya-la aylab tursa shod. Oʻzaro hadyalar shundayin kuchki, Dilda muhabbatni aylagay bunyod!
— Otalar soʻzi
Goʻzallarning yuzi koʻzguda goʻzal koʻrinadi, inʼom va ehsonning goʻzalligi esa faqir va gʻariblar ila bilinadi.
— Jaloliddin Rumiy
Oʻz vaqtidan kechikib berilgan inʼom-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq boʻgʻuvchidir.
— Az-Zamaxshariy
Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni . Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5 .
Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari . Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.