Steve Jobs (kitob)
Qiyofa
„Stiv Jobs“ (inglizcha: Steve Jobs: A Biography) – Apple Inc korporatsiyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs haqidagi biografik asar. Kitob amerikalik jurnalist va yozuvchi Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan va Simon & Schuster nashriyotida chop etilgan. Oʻzbeki tiliga 2019-yilda „Asaxiy Books“ loyihasi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan[1].
Iqtiboslar
[tahrirlash]- Bilim xazinasini va insoniyat tajribasini boyitadigan ixtiro oʻylab topsang, hech narsaga taqqoslanmaydigan zavqni boshingdan oʻtkazasan.
- Nima qilish lozimligini tushunish muhimdir. Lekin nimani qilish kerak emasligini tushunish ham muhimdir. Kompaniya haqida ham, mahsulot haqida ham shuni aytish mumkin.
- Koʻpchilik odamlarning ongida dizayn — bu niqob. Lekin mening nazdimda bunday yondashuvning dizaynga umuman aloqasi yoʻq. Dizayn — bu inson ijodining yuragi. U muvaffaqiyatli yaratilsa, buyum qobigʻi orqali uning ichki olamini koʻrish mumkin.
- Albatta, foyda bu zoʻr, chunki foyda bunday ajoyib mahsulot yaratish imkonini beradi. Biroq asosiysi foyda emas, mahsulot.
- Ayrimlar „Isteʼmolchilarga ular nimani xohlashsa, shuni berish kerak“ deyishadi. Lekin bu mening yondashuvim emas. Bizning ishimiz — isteʼmolchilardan oldin ularga nima kerakligini topishdir.
- Odamlar ularga oʻzlari xohlagan narsani koʻrsatmaguninga qadar oʻzlari nima xohlashini bilmaydi.
- Bizning vazifamiz — sahifada yoʻq narsani oʻqishdir.
- Muvaffaqiyat — bu tez buziladigan mahsulotdir.
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ Uolter Ayzekson. Stiv Jobs. Toshkent: „Nihol nashr“ nashriyoti, 2019 — 624-bet. ISBN 978-9943-23-150-4.
