Kontent qismiga oʻtish

Xudkushlik

Vikiiqtibosdan olingan
(Suitsiddan yoʻnaltirildi)
Xudkushlik

Qardosh loyihalar

Xudkushlik (yoki oʻzini oʻldirish, oʻz joniga qasd qilish yoki suitsid) — oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Aziz Olam, men sendan zerikkanim uchun seni tashlab ketayotirman. Yetarlicha yashagandekman. Men seni sening muammolaring bilan shu magʻzava oʻrangda tashlab ketayapman — omad senga!

  George Sanders
  •  

Doʻstlarimga: ishlarim qilib boʻlingan. Nega kutayin? [xudkushlik xatidan]

  — George Eastman
  •  

Hayot yashashga arzigulikmi, degan savol falsafaning bosh muammosidir.

  Albert Camus
  •  

Hayotimiz kitobidan varaq yirtib ololmaymiz, biroq uni tamoman gulxanga tashlashimiz mumkin.

  George Sand
  •  

Hayot kino kabidir, agar siz uning yarmini koʻrsangiz-u, har soniyasi jonga tegarlik darajada rasvo va bemaʼni boʻlsa, hoynahoy, u bundan keyin ham qiziqarli boʻlmaydi va oxirigacha oʻtirib koʻrish uchun arzimaydi. Hech kim sizga kino tugamasidan avval, vaqtli chiqib ketganingiz uchun dakki berishi kerak emas.

  Doug Stanhope
  •  

Melanxoliyaga toʻlib oʻzini oʻldirgan kishi agarda yana bir hafta yashaganida edi, hayotdan ketishni istamasdi.

  Voltaire
  •  

Qon uchun uzr. [xudkushlik xatidan]

  Per Yngve Ohlin
  •  

Sinik boʻlish yaxshidir — har holda, boqimanda mushukdek boʻlishdan yaxshiroq — va eng yaxshisi, umuman boʻlmaslik. Batamom xudkushlik olamdagi eng mantiqiy ishdir — biz uni qorongʻulikdan primitiv va bolalarcha qoʻrqqanimiz tufayli rad etamiz. Agar ongli boʻlganimizda oʻlimga — yana oʻsha mavjud boʻlmasimizdan avvalgi orombaxsh yoʻqlikka talpinardik.

  H. P. Lovecraft
  •  

Xudkushlik haqidagi xayollar yupatuvchidir: ular yordamida kishi yomon tunlarni kechib oʻta oladi.

  Nietzsche

Manbalar

[tahrirlash]