Kontent qismiga oʻtish

Suyima Gʻaniyeva

Vikiiqtibosdan olingan
Suyima G‘aniyeva
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 20-fevral 1932
Toshkent
Vafoti 1-sentyabr 2018
Toshkent
Qardosh loyihalar

Suyima G‘aniyeva (1932-yil-2018-yil) – Sovet-oʻzbek adabiyotshunos olimi. Oʻzbekiston Qahramoni. „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2008) bilan mukofotlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati. 2015-yilda unga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Darhaqiqat, donishmandlar aytganidek, ilm, o‘qish va o‘rganish bizni boy o‘tmishimizning ma’naviy vorislariga aylantiradi. Ilm, kitob ko‘ngil shamchirog‘idir. Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi faqat davlat ishi emas, bu oila uhdasi hamdir. Bolalarimiz o‘z ajdodlari qoldirgan ma’naviy meroslarni bilishlari kerak. Buning uchun esa ular kitob bilan do‘st bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Zero, ahli ilmlar aytganidek: “Kitoblar qalbni yoritadi, insonni yuksaklikka ko‘taradi. Eng yaxshi orzu-istaklarni uyg‘otadi, aqlni charxlaydi[1].

Manbalar

[tahrirlash]