Kontent qismiga oʻtish

Svetlana Ortiqova

Vikiiqtibosdan olingan
Svetlana Ortiqova

Svetlana Ortiqova 2016-yilda
Umumiy maʼlumotlar
Tavalludi 1962-yil 1-yanvar
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani.
Qardosh loyihalar

Svetlana Ortiqova – Oʻzbekistonlik siyosatchi ayol. Svetana Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisi Senati raisining oʻrinbosari sifatida ham ishlagan.

Iqtiboslari

[tahrirlash]
  • Bogʻchada shakllantirishimiz kerak farzandimizni kim boʻlishini[1].
  • Oʻzingizga mustaqil boʻlsangiz, mustaqil fikrga ega boʻlsangiz, hamisha ham sizga davlat, jamiyat, qoʻshni yordam beradi[1].
  • Biz albatta prokuraturani xalqchil prokuraturaga, xalq prokuraturasiga aylantirishimiz kerak. Bundan boshqa ilojimiz ham yoʻq[1].
  • Agar qoʻlingizda fortepianosi boʻlsa, kitob boʻlsa hech qachon jinoyatga qoʻl urmaysiz[1].
  • Odam (Mansabdor shaxs nazarda tutilmoqda) irodali boʻlishi kerak, umurtqa temirdan boʻlishi kerak[1].
  • Fidoiy, insonni qadrini yuqori koʻtargan insongina unvon olishga haqqi bor.
  • Hamma ham, mansab kursisiga oʻtirganda xalq uchun xizmat qilishim kerak deb oʻylaganida, hozir qora kursida oʻtirmagan boʻlar edi[2].
  • Mansabga oʻtkizishdan oldin, ozgina, koloniyada bir kun, ikki kun oʻtirib chiqsa, turmani koʻrsa, kamerani hidini bilsa, hech qachon jinoyatga qoʻl urmagan boʻlar edi.
  • Ko'z ko'p narsani aytadi.

Havolalar

[tahrirlash]
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:


Manbalar

[tahrirlash]