Kontent qismiga oʻtish

Tama

Vikiiqtibosdan olingan
(Taʼmagirdan yoʻnaltirildi)
Tama
Qardosh loyihalar

Tama (arabcha: طمع‎) — birovdan bir narsa undirish hissi, oʻziniki qilish, olishga boʻlgan intilish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Dunyo-yu oxirat yaxshiligini qanoatda, yomonligini taʼmada koʻrdim[1].

  Najmiddin Kubro
  •  

Ey oʻgʻil! Dunyoda eng yoqimsiz va eng yomon xislatlardan biri ishlamasdan birovlarning inʼom-ehsoniga tama koʻzini tikib oʻtirishdir. Kasb-u hunar egasi tamadan xolidir. U oʻz hunarining fazilati tufayli oʻz mehnati bilan halol topib, halol yeydi.

  — Muhammad Javhar Zamindor[2]
  •  

Har kim ozod boʻlib, sharmandalikdan xoli boʻlay desa, tamadan uzoq boʻlishi kerak

  „Maxzan al-ulum“ asaridan[2]
  •  

Har kim tama yoʻlin tutsa gar pesh,
Oqibat bir kun boʻlgʻuvchi darvesh![3]

  Farididdin Attor
  •  

Iltimosga qolgan kunda oʻlimni, bosiqlik va taʼmasizlikda barhayotlikni koʻrdim[4].

  Najmiddin Kubro
  •  

Ochkoʻzning boyligidan gʻam-alam va ozor yetadi. U qayerga borsa, shu yerda dod-u faryod koʻtariladi. Taʼmagirning mol-mulkiga yomon koʻz bilan qarama, zero uning boyligidan tish zirqiraydi[5].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Pastkash odam biror kimsani sevsa, yo qoʻrqqanidan sevadi yoki tamagirlikdan.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[7].

  Farididdin Attor
  •  

Tamagir boʻlmaslik kerak. Kishining boshiga tamadan turli balolar keladi. Sal narsa uchun kishi gʻazablanmasligi kerak, chunki kishi uchun dunyoda gʻazabdan kuchliroq narsa yoʻq. Gʻazab kelgan paytda kishi oʻzining nima qilayotganini oʻzi bilmaydi. Odam kishilarni oʻz feʼliga moslashtirishga urinmasligi kerak. Balki odamlar qanday feʼlda boʻlsa oʻsha feʼlga moslashmoq kerak.

  „Maxzan al-ulum“ asaridan[2]
  •  

Taʼmagir koʻz dunyo moliga toʻymas,
Xuddi toʻlmaganidek shabnamga quduq[8].

  Saʼdiy Sheroziy
  •  

Tamagir oʻzi qilayotgan xatoni oʻzi bilmaydi.

  Otalar soʻzi[6]
  •  

Tamasi koʻpning, insofi oz boʻlar.

  Otalar soʻzi[6]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 74.
  2. 2,0 2,1 2,2 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 159.
  4. Tursun 2006, s. 87.
  5. Tursun 2006, s. 96.
  6. 6,0 6,1 6,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 161.
  7. Tursun 2006, s. 100.
  8. Tursun 2006, s. 98.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.