Kontent qismiga oʻtish

Tajriba

Vikiiqtibosdan olingan
Tajriba
Qardosh loyihalar

Tajriba — voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng maʼnoda — uquv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham tajriba deb ataladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aql bilan tajribaning aloqasi suv bilan yerning aloqasi kabidir. Suv bilan yer oʻzaro birga boʻlmasa, yerda biror narsa unishi mahol![1]

Qayum Nosiriy, „Favoqih al-julaso“ asaridan

Aytishlaricha, har bir narsa aqlga muhtoj. Aql esa tajribaga muhtojdir[1].

Qayum Nosiriy, „Favoqih al-julaso“ asaridan

Garchand uzoq umr koʻrgan boʻlsalar-da, koʻp odamlar gʻoʻr va tajribasizdir[2].

Inson uchun har qanday magʻlubiyat bir tajribadir. Magʻlubiyatlardan saboq olganlar kelajakda gʻalabalarni qoʻlga kiritadilar[3].

Jahonda bor narsa – aqlga, aql esa [tajribaga muhtojdir[4].

Tajribali keksalar shijoatli yoshlardan koʻra chora va tadbirga ustaroqdirlar.
Bayt:
Yoshlar bilan jangu jadal ichra kir,
Yongish tadbirin keksadan qidir.
Garchi yoshlar boʻlsa botiru chaqqon,
Ammo keksa dili choragadir kon![5]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 55.
  2. Tursun 2006, s. 117.
  3. Tursun 2006, s. 63.
  4. Tursun 2006, s. 116.
  5. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 154.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.