Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibr-u havosi tufayli haydalgan. Kibr-u havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar[2].
Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon koʻrinmay desang, donolar oldida takabbur boʻlmagil[3].
Qiyomat kunida mutakabbirlar odamlar suratidagi mayda chumoli holatida keltiriladi. Ularni har tomonlama xorlik oʻrab oladi. Olovlardan boʻlgan doʻzaxga yoʻnaltiriladi hamda doʻzax ahlidan siqilgan suv bilan sugʻoriladi[5].
Takabburlikni qanchalik xursandlig-u shodlikka tomon aylantirishga urinsang ham, asli loy boʻlganidan keyin kulol singari, yaʼni tuproqqa (loy ishlariga) qaytishi muqarrar[6].