Kontent qismiga oʻtish

Tama

Vikiiqtibosdan olingan
(Tamagirlikdan yoʻnaltirildi)
Tama
Qardosh loyihalar

Tama (arabcha: طمع‎) — birovdan bir narsa undirish hissi, oʻziniki qilish, olishga boʻlgan intilish.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Dunyo-yu oxirat yaxshiligini qanoatda, yomonligini taʼmada koʻrdim[1].

Ey oʻgʻil! Dunyoda eng yoqimsiz va eng yomon xislatlardan biri ishlamasdan birovlarning inʼom-ehsoniga tama koʻzini tikib oʻtirishdir. Kasb-u hunar egasi tamadan xolidir. U oʻz hunarining fazilati tufayli oʻz mehnati bilan halol topib, halol yeydi.

— Muhammad Javhar Zamindor[2]

Har kim ozod boʻlib, sharmandalikdan xoli boʻlay desa, tamadan uzoq boʻlishi kerak

Har kim tama yoʻlin tutsa gar pesh,
Oqibat bir kun boʻlgʻuvchi darvesh![3]

Iltimosga qolgan kunda oʻlimni, bosiqlik va taʼmasizlikda barhayotlikni koʻrdim[4].

Odamning baxti orzu va taʼmalariga qarab boʻladi. Eng taʼmagir odam — baxti eng oz odamdir[5].

Tohir Malik, „Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor“, Toʻrtinchi gurung: Baxtiyorlik ayyomi

Ochkoʻzning boyligidan gʻam-alam va ozor yetadi. U qayerga borsa, shu yerda dod-u faryod koʻtariladi. Taʼmagirning mol-mulkiga yomon koʻz bilan qarama, zero uning boyligidan tish zirqiraydi[6].

Pastkash odam biror kimsani sevsa, yo qoʻrqqanidan sevadi yoki tamagirlikdan.

Qoʻy taʼmani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra boʻlgʻaysan aziz[8].

Tamagir boʻlmaslik kerak. Kishining boshiga tamadan turli balolar keladi. Sal narsa uchun kishi gʻazablanmasligi kerak, chunki kishi uchun dunyoda gʻazabdan kuchliroq narsa yoʻq. Gʻazab kelgan paytda kishi oʻzining nima qilayotganini oʻzi bilmaydi. Odam kishilarni oʻz feʼliga moslashtirishga urinmasligi kerak. Balki odamlar qanday feʼlda boʻlsa oʻsha feʼlga moslashmoq kerak.

Taʼmagir koʻz dunyo moliga toʻymas,
Xuddi toʻlmaganidek shabnamga quduq[9].

Tamagir oʻzi qilayotgan xatoni oʻzi bilmaydi.

Tamasi koʻpning, insofi oz boʻlar.

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Tursun 2006, s. 74.
  2. 2,0 2,1 2,2 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  3. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 159.
  4. Tursun 2006, s. 87.
  5. Malik 2019, s. 133.
  6. Tursun 2006, s. 96.
  7. 7,0 7,1 7,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 161.
  8. Tursun 2006, s. 100.
  9. Tursun 2006, s. 98.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Malik, Tohir. Kuyov toʻra, sizga aytar soʻzim bor. Toshkent: „DAVR PRESS“ nashriyoti, 2019 — 685-bet. ISBN 978-9943-5555-2-5. 

Havolalar

[tahrirlash]