Kontent qismiga oʻtish

Oziq-ovqat

Vikiiqtibosdan olingan
(Taomdan yoʻnaltirildi)
Oziq-ovqat

Qardosh loyihalar

Oziq-ovqat yoki ozuqa, taom, yemak deb organizm hayotini quvvatlash uchun isteʼmol qilinadigan har qanday moddaga aytiladi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

  •  

Badanning quvvati ovqat, ruhning quvvati ilmdir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Oz ovqatga qanoat qilmoqning fazilatlaridan biri shundaki, odamning ilm va hunarga boʻlgan intilishida dangasalik va hafsalasizlik qoplamaydi, oshqozon ovqatni hazm qilishdan ojiz boʻlmaydi, kishining sezgi aʼzolarining sezuvchanligi buzilmaydi.

  „Maxzan al-ulum“ asaridan[3]
  •  

Rivoyatlardan maʼlumki, hind olimlari koʻp umr koʻradilar, ularning fikr qilish qobiliyati ham kuchliroq. Buning asosiy sababi ovqatni kam isteʼmol qilishdadir[4].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Yashash uchun ovqatlanurlar, ovqat yeyish uchun yashamaslar[5].

  Majididdin Xavofiy
  •  

Chiroyli toʻningni oʻzing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut[6].

  Mahmud Qoshgʻariy

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 170.
  2. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 134.
  3. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  4. Tursun 2006, s. 59.
  5. Tursun 2006, s. 86.
  6. Tursun 2006, s. 98.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.