Taqdir (arabcha: — oldindan belgilangan hayot yoʻli), qismat — inson hayoti va faoliyatini hamda olamdagi barcha hodisalarni Alloh irodasiga bogʻliq deb hisoblovchi diniy tasavvur.
Agar kelajagim xayrli boʻlsa edi, mayli tinchgina, bemalol tirikchiligimni qilaverar edim. Bordi-yu agar unday boʻlmasa, ming koʻz bilan yigʻlardim[1].
Taqdirga rozi boʻlishlik Allohning eng katta eshigidir. Dunyoning jannati, obidlar va ahli rizolarning halovatidir. Ular oʻzlariga yetgan balolardagi savob va yaxshiliklarnimulohaza qiladilar. Qazoga zarracha shubha bildirmaydilar. Gohida taqdirga rozi boʻlishning savobini oʻylab, musibatlarning alamini ham unutadilar. Gohida balo yuborayotgan Zotning ulugʻligiga, kamolotiga qaraydilar. Shunda bu ulugʻvorlikni yanada chuqurroq his qiladilar, hatto alam va sitamlarni sezmay qoladilar. Aksincha, oʻzlari suygan Zotni qalblarida yaqinroq tuyganlari uchun lazzat oladilar[4].
Oʻzicha xulosa chiqarib dedi: „Kishiga tole kulib boqsa oʻgʻri uning uchun posbonga aylanadi, dushman esa mehribon doʻstga!“ Bayt: Doʻsting boʻlsa agar beaql, nodon, Undan oqil dushman yaxshi ming chandon![6]