Taqvo
| Taqvo | |
|---|---|
|
| |
| Qardosh loyihalar | |
Taqvo (arabcha: تقوى — saqlanish, xudodan qoʻrqish), taqvodorlik — barcha dinlarda oʻta dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Qurʼon va hadislarda Allohdan qoʻrqish, doʻzaxdan saqlanish, parhezkorlik va boshqa mazmunlarda keladi. Dinga juda berilgan, xudojoʻy, oʻzini harom va shubhalardan saqlab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan.
A
[tahrirlash]Allohdan oʻzga qodir yoʻq, Rasulullohdan oʻzga dalil yoʻq, taqvodan oʻzga oziqa yoʻq, sabrdan oʻzga amal yoʻq[1].
Allohga taqvo qilish hamma yaxshilikni oʻz ichiga oluvchi koʻp maʼnoli kalimadir, uning maʼnosi – Alloh taologa itoat qilish, gunoh ishlardan qochish, Yaratganning zikrini doimo qilish, bergan neʼmatlariga shukr aytishdir[4].
Alloh taolo qaysi bandani gunoh botqogʻidan taqvo sharafiga chiqargan boʻlsa, uni mol-dunyosiz boy, bemashaqqat sharafli va xursand qilibdi[5].
B
[tahrirlash]Bandaning eng goʻzal libosi kamtarinlik va xokisorlikdir, oriflar libosi esa taqvodir[7].
E
[tahrirlash]I
[tahrirlash]K
[tahrirlash]Kim oʻzining aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi boʻlmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalangʻoch boʻlsa, unga hech kim parda tutolmaydi. Kim Allohning bergan rizqiga rozi boʻlsa, boshqalarning qoʻlidagi narsaga xafa boʻlmaydi. Kim zulm qilichini sugʻursa, shu qilich bilan qoʻli kesiladi. Kim birodariga choh qazisa, unga oʻzi tushadi. Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, oʻzining avrati ochiladi. Kim oʻz xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta ishlarga kirishsa va oʻziga xatarli yoʻl topsa, halok boʻladi[13].
N
[tahrirlash]Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik va magʻrurlanishda[14].
O
[tahrirlash]S
[tahrirlash]Sunnatning kami bidʼatning koʻpidan yaxshiroqdir. Taqvoning kami boʻladimi?[6]
T
[tahrirlash]Taqvo — Alloh taolo harom qilgan ishlarni tark qilish, farz qilinganlarini bajarishdir, shundagina bu bandaga Alloh taolo bergan rizq foydali boʻladi[4].
Taqvo alomati xudojoʻylikdir, xudojoʻylik alomati barcha narsalarga shubha bilan qaramoqlikdir[1].
Manbalar
[tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Tursun 2006, s. 57.
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 53.
- ↑ 3,0 3,1 Tursun 2006, s. 47.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Tursun 2006, s. 40.
- ↑ Tursun 2006, s. 46.
- ↑ 6,0 6,1 Tursun 2006, s. 55.
- ↑ Tursun 2006, s. 158.
- ↑ Tursun 2006, s. 48.
- ↑ Tursun 2006, s. 145.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 Tursun 2006, s. 41.
- ↑ 11,0 11,1 Tursun 2006, s. 49.
- ↑ Tursun 2006, s. 56.
- ↑ Tursun 2006, s. 129.
- ↑ Tursun 2006, s. 154.
- ↑ Tursun 2006, s. 54.
Adabiyotlar
[tahrirlash]- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.